Boks/MMA

14 noyabr kuni Qozog’istonning Octagon ligasi tomonidan navbatdagi raqamlangan turnir tashkil etiladi.

392

Almati shahrida o’tkaziladigan Octagon 25 turnirida o’zbekistonlik ikki MMA ustasi ham oktagonga ko’tariladi. Ulardan andijonlik 25 yoshli Mashrabjon Ro’ziboev oqshomning asosiy kardida ukrainalik Konstantin Linnikka qarshi jang o’tkazadi. 

Malumot uchun, taniqli MMAchimiz Nursulton Black Ro’ziboevning ukasi hisoblangan Mashrabjon Ro’ziboevning MMAdagi natijasi 11 g’alaba, 3 mag’lubiyat va 1 durangni tashkil etadi. U so’nggi jangini 12 sentyabr kuni Moskva shahrida Aleksandr Jarkinni birinchi raundda texnik nokaut hisobiga taslim etgandi. 

Mashrabjonning raqibi Konstantin Linnik esa 27 g’alaba va 20 mag’lubiyatga ega. Oxirgi jangini shu yilning 20 fevral kuni o’tkazgan. 

SHuningdek, Octagon 25 turniri doirasida yana bir o’zbekistonlik MMA yakkakurash ustasi Abdulaziz Sotvoldiev ham o’z jangini o’tkazadi. Hamyurtimiz asosiy kardda qozog’istonlik Erkebulan Toktarga qarshi oktagonga ko’tariladi. 

Fikr bildirish