Boks/MMA

1983 yilning 6 aprelida Luiziana shtati Yangi Orlean shahridagi Olimpiya klubida boks tarixidagi eng uzoq davom etgan jang bo’lib o’tadi.

326

Endi Bouen va Jek Berk 7 soatu 19 daqiqa, yanayam aniqroq aytsak, kechki 21:00dan ertalabgacha, 110 raund davomida jang qilishadi. Jang g’olibi janubiy chempionat g’olibligi hamda 2500 AQSH dollari miqdorida pul mukofotini yutib olishi kerak edi.

Avvaliga Berkka favorit sifatida qaralgan edi, u dastlabki 25 raundni o’z foydasiga hal qildi, biroq “Temir Bouen” taxminlarni yo’qqa chiqara oldi.

U 25-raundda Berkni nokautga uchratdi, ammo Berk yiqilishidan avval bong chalinib bo’lgan edi. Jangning qaysidir nuqtasida Berkning ikkala qo’li ham sinib, bokschilar shu darajada charchashgan ediki, endi ularning bokschilik mahorati ham hech qanday ahamiyat kasb etmas edi. Tomoshabinlarning katta qismi yarim tunda uylariga ketishadi, qolgan muxlislar esa stullarda uxlab qolishadi. 108-raundga kelib, jangchilar bir-biriga hech qanday zarba yo’llasholmaydi, ular shunchaki ring bo’ylab aylanib yurishadi. 110-raundda esa referi Jon Daffi jangning durang bilan yakunlanganini elon qiladi va yigitlar gonorarni o’zaro bo’lishib oladi.

P.S. Bu jang haqiqatda tashkillashtirilganiga ishonmasligingiz mumkin, sababi hozirgi janglarda bokschilar maksimal 12 raund jang qiladi (12-raundgacha ham etib bormayaapti bazilar) ammo jang o’tkazilgan(!) va bu fakt.


Boks tarixi hamda bokschilarga berilgan gonorarlar haqida bilasizmi?

Britaniya enciklopediyasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, zamonaviy boks sportni insonparvarroq qiladigan 12 ta qoidaga amal qiladi. Ushbu qoidalar londonlik Jon Grem tomonidan yozilgan va 1867 yilda Jon SHolto uni nashrdan chiqargan. “Kvinsberri qoidalari” boks olamida hozirgacha amal qiladi. Ushbu qoida bir raundning uch daqiqadan iborat bo’lishi hamda raundlar oralig’i bir daqiqadan iborat bo’lishini ko’zda tutadi.

1681 yilning 6 yanvarida Alberamlning ikkinchi gercogi bo’lmish Kristofer Monk o’z ishchilari, aniqrog’i, qassob hamda saroy xizmatchisi o’rtasida boks kechasi uyushtiradi. Jangda gercogning qassobi g’olib bo’ladi. O’sha paytda hali hech qanday qoidalar yo’q edi, bokschi raqibining boshiga, ko’ziga zarba berishi, uni bo’g’ishi, tepishi va hatto tishlashi mumkin edi.

1743 yilda bokschi Jek Broton kasbdoshlarining ringda o’lib qolmasliklari uchun o’zining “Broton qoidalari”ni ishlab chiqadi. U o’z qoidalarida jangchilar yiqilganlaridan so’ng, o’rnilaridan turishlari uchun 30 soniya(!) berilishi kerakligi hamda bir bokschi boshqasining belidan past qismiga zarba berishining taqiqlanishi kerakligini nazarda tutgan edi. 1882 yilga kelib, maxsus formalarsiz boks tushish taqiqlandi. Boks tarixidagi dastlabki zamonaviy jang 1892 yili Yangi Orleandagi “Pelikan” sport klubida bo’dib o’tadi. Og’ir o’tgan jangda “Jentlmen Jim” Korbett Jon Lourens Sallivanni mag’lub etadi.

Boks juda ko’pchilik tomonidan barcha vaqtlarning eng buyuk bokschilari deb tan olingan Muhammad Ali, Jo Freyzer, Jorj Forman, SHugar Rey Robinson va SHugar Rey Leonard, Evander Xolifild, Roki Marchiano, Mayk Tayson hamda Marvin Xaglerlar tufayli qaysidir manoda “millionlar o’yini”ga aylana oldi.

Bokschilarga ilk bor 1927 yilda eng katta gonorar beriladi. O’shanda Jek Dempsi va Jin Tanni 2,7 million dollar uchun jang qiladi. Bu pul televidiniya auditoriyasisiz topilgan edi.
1983 yilning 6 aprelida Luiziana shtati Yangi Orlean shahridagi Olimpiya klubida boks tarixidagi eng uzoq davom etgan jang bo'lib o'tadi.

2015 yilda esa Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o’rtasidagi jangga 100 mln dollar tikiladi. Jang 12 raund davom etadi va unda Meyvezer g’alaba qozonadi.

Hozirgacha boksdagi gonorarlar boshqa sport turlariga qaraganda sezilarli darajada yuqori.

P.S Maqolani yozish jarayonida UFC jangchilarining dardu-alamini his qildim…

Internet materiallari asosida Diyor Mavlonov tayyorladi

Fikr bildirish