FutbolManchester United

2019/20 yilgi mavsumning birinchi choragida “Manchester Yunayted”ning qarzi 140 million funtga oshdi

49

“Manchester Yunayted” 2019/20 yilgi mavsumning birinchi choragidagi moliyaviy ko’rsatkichlari haqida hisobot berdi. Dastlabki uch oyda “Manchester Yunayted”ning qarzi 140 million funtga oshdi va 384,5 millionni tashkil qildi. Klubning shu davrdagi daromadi 135,4 millionni tashkil etdi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 400 ming funt sterling ko’proq. Tijorat faoliyatidan tushgan daromadi 2018/19 yilgi mavsumning birinchi choragiga nisbatan 5,9 foizga o’sib, 80,4 millionni tashkil qildi. Klub mavsum yakunlariga ko’ra daromadini 560-580 million funtgacha pasayishini kutmoqda. 2018/19-yilgi mavsumda “Manchester Yunayted”ning daromadi 627,1 million funtni tashkil etdi.
Foyda tushib ketishining sabablaridan biri bu mavsumda “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasida o’ynamasligidir. Chorak mavsumdagi translyatsiyalardan tushgan daromad 32,9 million funt sterlingni tashkil etdi, bu o’tgan yilning shu choragiga nisbatan 9,9 million funtga kam.

Fikr bildirish