Boks/MMA

2020 yil 3 iyul kuni katta Nurmagomedov bizni tark etdi.

276

Farzandining hayotini o’zgartirgan tragediya

Bir yil oldin mana shu kunda barcha ommaviy axborot vositalari Abdulmanap Nurmagomedovning vafot etganini malum qilishdi. UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning o’sha vaqtdagi buyuk murabbiyi va otasi koronavirus oqibatlaridan qazo qildi. Bu nafaqat Rossiya MMAsi, balki dunyo uchun ham katta yo’qotish bo’ldi. UFC prezidenti, Toni Fergyuson, Jorj-Sen-Per va Daniel Korme hattoki Xabibning ashaddiy raqibi Konor Makgregor ham fojia haqida gapirishdi. Biroq Nurmagomedov ketganidan keyin oiladagi bo’shliqni uning yaqinlari his qildi. Drama Xabibga qanday tasir qildi?

Getji bilan jang hamda sportdan ketish

Katta Nurmagomedov vafot etgan paytlarda Xabib engil vazn toifasidagi UFCning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji bilan jang qilishi kerak edi. Biroq fojiadan keyin burgutning faoliyatini tugatishi haqida mish-mishlar tarqala boshlandi. Jangchining menejeri buni rad qildi. UFC prezidenti liga yulduziga keyinroq qo’ng’iroq qilishni, hozircha, uni o’z holiga qo’yishni maqul ko’rdi, Xabibning o’zi esa bu holatga hech narsa demadi. Nihoyat, iyulning oxiriga kelib rossiyalik sukunatni buzdi va mashg’ulotlarga qaytganini malum qildi. SHundan so’ng Getji bilan tez orada bo’ladigan qarama-qarshilik haqida suhbatlar boshlanib ketdi. 

Nurmagomedov  mashg’ulotlarini ilk bora otasisiz o’tkazishni boshladi. Bu katta xavf hamda notinchlik edi. CHunki Xabibning otasi unga ham aqlan, ham jismonan jihatdan yordam berar edi. 

Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan bu kurash bo’lib o’tdi. Jang Abu-Dabidagi «Janglar oroli»da UFC 254 turnirida bo’lib o’tdi. Xabib ikkinchi raundda g’alaba qozondi hamda chempionlik kamarini himoya qildi. SHundan so’ng u o’z his-tuyg’ularini va ko’z yoshini tiyib tura olmadi va oktagondan chiqmay turib, faoliyatini tugatishi haqida nutq so’zladi. 

Xabib: «Bu oxirgi jangim. Men oktagonga otamsiz chiqishni istamayman. Bu birinchi va oxirgisi. UFCdan menga Jastin bilan bo’ladigan jangni taklif qilishganida, uch kun onam bilan gaplashdim. U otamsiz jang qilishimni xohlamadi. Onamga bu oxirgi jangim bo’lishiga vada berdim. UFCdan bir istagim bor. Meni P4P reytengida birinchi o’ringa qo’yishsin. UFC, bunga loyiqman. 29-0, UFCda 13 g’alaba va MMA da 29 muvaffaqiyatga ega engilmas chempionman. Tashkilot rahbaryatiga, Lorenso Fertitega, Dana Uaytga va albatta Jo Silvani ham unutganim yo’q, xullas, men bilan shartnoma imzolagan barchaga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. 

Tog’da joylashgan qishloqning oddiy yigitiman. Dunyoda eng ko’p muhokamalarga sabab bo’layotgan odamligimni aytishganida ishonmaganman. SHunchaki, otam bilan birga chempion bo’lishni istagan edim. Barchasi bunaqa o’zgarib ketishi hayolimga ham kelmagan edi. Agar ota-onangiz bo’lsa, ularning yonida bo’ling. Yonimda faqat endi onam qoldi. Vaqtimni u bilan o’tkazishni istayman», – deb aytgan edi. 

SHundan so’ng Xabibning qaytishi haqida ham gap-so’zlar tarqaldi. UFC prezidenti Xabib bularning barchasini hissiyotga berilganligi sababli aytganini hamda hali uning o’ylab ko’rishi haqida ko’p takrorladi. U bilan bir necha marta kelishishga urinib ko’rdi, biroq burgutni ko’ndirishni uddasidan chiqa olmadi. UFC sobiq chempionining aytishicha, Uayt Nurmagomedov qaytishidan umidvor. Otasining o’limidan keyin mashhur jangchining hayoti tubdan o’zgarib ketdi, xuddi «oldin» va «keyin» kabi. 

Biznes rejalar

Xabib Nurmagomedov faoliyatini tugatganidan so’ng biznes bilan shug’ullanishni boshlab yubordi. U bir vaqtning o’zida bir nechta loyihani amalga oshirdi. O’tgan yili dekabr oyida bir million dollarga GFC ligasini sotib oldi, uning otasi faxriy prezident edi. Nurmagomedovning tashkiloti rivojlanib bormoqda. Liga har bir turnirga qo’shilishni davom ettiryapti. Tashkilotning eng yaxshi jangchilari uchun UFC sari yo’l boshqalarga qaraganda qiyinchilik tug’dirmaydi. SHuningdek, Eagle FC’da yaqin orada yaxshi jangchilar yanada ko’payadi. Hozirda, Nurmagomedovning bu loyihasini muvaffaqiyatli deb aytish mumkin. 

Bundan tashqari, burgut yangi uyali aloqa operatori – Eagle Mobile’ni ham ishga tushirdi. 2023 yil oxiriga qadar Nurmagamedov 2 millionga yaqin mijozni jalb qilishni rejalashtirgan. SHuningdek, Xabib o’zining programmasi orqali mashg’ulot qilish mumkin bo’lgan OctaZone dasturi ustida ham ishlayapti. Bulardan tashqari, u fitness zallarini ham yo’lga qo’yyapti. Umuman olganda, o’tgan yil UFC sobiq chempioni uchun juda ko’p loyihalarga ega bo’ldi. 

2020 yil 3 iyul kuni katta Nurmagomedov bizni tark etdi.

Janjallar 

Yillar davomidagi faoliyatida Xabib biron marta ham o’z xohishi bilan janjallarga aralashmadi. Bularga Dias bilan bo’lgan to’qnashuv, Artyom Lobovning yuziga urilgan zarba, Nurmagomedov bo’lgan avtobusga Konor Makgregorning hujumi va irlandiyalik bilan jangdan keyin qafasdagi afsonaviy sakrash kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Jangchi o’ziga va yaqinlariga qilingan har qanday hujumni jiddiy qabul qildi hamda o’zining munosabatini ham bildirdi. 

Otasining o’limidan keyin ko’p narsa o’zgardi. Xabib o’zining harakatlari bilan guruhiga namuna bo’lishini tushunib etdi va ancha xotirjam bo’lishga erishdi. Masalan, avgust oyida burgutdan uni har tomonlama haqorat qilgan Anubis laqabli MMA jangchisining qo’shig’i haqida nima deb o’ylashini so’rashganda, Xabib bunday xabarlarga etibor berishni istamasligini aytdi. 

Yaqinda bo’lgan Ramzan Qodirov va Xamzat CHimaevning so’zlariga munosabatni esa hamma biladi. Eslatib o’tamiz, CHechiniston rahbari burgutni UFCning loyihasi deb atagan bo’lsa, CHimaev sobiq chempionning ligasini buzishga tayyorligini malum qildi. Agar bular 2-3 yil oldin bo’lganda Nurmagamedov hech bo’lmaganda CHimaevga o’zining jiddiy munosabatini bildirgan bo’lar edi. Biroq  bu safar Xabib diplomatlardek harakat qildi va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik uchun tinchlandi. 

Hatto uning amakivachchalari Abubakar, Usmon va Umar ham o’sha vaziyatda qarshilik ko’rsata olmadi. Xabib ularga namuna bo’lishi kerakligi uchun ham indamadi. Biroq bu tinchlik janjaldan ham kuchli ko’rindi. Bundan ko’rinadiki, otasining vafotidan keyin Xabib qarorlarini bosiqlik bilan qabul qilishni boshlagan. 

Murabbiylik 

Abdulmanap Nurmagomedovdan keyin Xabib o’z kuchi va imkoniyatlaridan kelib chiqib vazifalarini zimmasiga oldi. Faxriy murabbiy shogirdlari bilan tinimsiz ishlar edi. Endi buni sobiq UFC chempioni qilyapti. Nurmagomedov Umar, Usmon va Abubakarlarning mashg’ulotini doimiy kuzatib boradi, shuningdek u har doim Islom Maxachev, Zubayra Tuxugov, Tagir Ulanbekov va Eagle FC ligasi jangchilarining yonida. 

Xabib ukasi Umar UFCda debyutini o’tkazganda, burchakda uni kuzatib turgan edi. SHuningdek, burgut Maxachev va Abubakar muvaffaqiyatsizlikka uchraganida ham ularning yonida edi. Bundan tashqari, Usmanning Bellatordagi faoliyatini ham diqqat bilan kuzatib boradi. 

2020 yil 3 iyul kuni katta Nurmagomedov bizni tark etdi.

Yaqin haftalarda Abubakar Nurmagomedov, Islam Maxachev va Usmon Nurmagomedov o’zining jangini o’tkazishadi. Xabib hozir ularning tayyorgarligi va boshqa yaqinlarining mashg’ulotlari bilan band. Ko’rinib turibdiki, endi u otasining shogirdlari uchun alohida masuliyatni his qilyapti. Tez orada Xabibni uch jangchining yonida ko’rishimiz mumkin bo’ladi.

Burgut murabbiylik bilan shug’ullanmasligini aytadi, biroq jamoasi uchun qo’lidan kelgancha yordam beradi. Xabibning barcha maslahatlari o’z vaqtida va kerakli joyda bo’lishini ham unutmaslik kerak. SHunisi aniqki, Kichik-Nurmagomedov buyuk otasining istedodini o’ziga meros qilib olgan.

championat.com sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi

Fikr bildirish