Futbol

2020yilgi Olimpiada 2021 yilga ko’chirilganiga qaramay nomini saqlab qoladi

28

Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ) tashkilot prezidenti Tomas Bax va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, Tokio gubernatori Yuriko Koike, «Tokio-2020» tashkiliy qo’mitasi vakili Yesiro Mori va boshqa mansabdor shaxslar bilan telefon muloqoti haqidagi bayonotni e’lon qildi.
Rahbarlar koronavirus tufayli Tokio Olimpiada o’yinlarini ko’chirish zaruriyati haqidagi fikrda birlashdilar. Olimpiada 2021 yilda o’sha shaharda, lekin yozdan kechiktirmay o’tkazilishi kerak. Ta’kidlanmoqdaki, musobaqalar, ko’chirilganiga qaramay, «Tokio 2020 yil Olimpiada o’yinlari» nomini saqlab qoladi. Bu Paralimpiadaga ham tegishlidir.

Fikr bildirish