Futbol

2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi saralashida O’zbekiston chempionatida uchinchi o’rinni olgan AGMK klubi ishtirok etadi.

644



2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi saralashida O'zbekiston chempionatida uchinchi o'rinni olgan AGMK klubi ishtirok etadi.

OCHL-2021. AGMK Iroq klubini mag’lub etsa “Al Garafa” bilan o’ynaydi

Teglar : 
Al GarafaAGMKOCHL-2021
2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi saralashida O’zbekiston chempionatida uchinchi o’rinni olgan AGMK klubi ishtirok etadi.

Olmaliq klubi guruh bosqichiga chiqishi uchun ikkita safar uchrashuvini o’tkazishi haqida kecha xabar bergandik.

Dastlab AGMK Iroq vice chempioni "Al Quva Al Javiya" klubiga qarshi safarda o’ynaydi. O’tgan yillarda o’zbek klubi dastlabki bosqichni o’z maydonida o’tkazardi, biroq bu yil Iroq OFK koefficientlar jadvalida O’zbekistondan tepaga chiqib olgani bois endi klubimiz safarda o’ynaydi.

Ushbu bahs g’olibi guruh bosqichiga chiqishi uchun Qatar klubi to’sig’idan o’tishi kerak bo’ladi.

Bu klub nomi kecha bo’lib o’tgan Qatar Amiri kubogi finalidan so’ng malum bo’ldi.

Finalda "Al Sadd" "Al Arabi"ni mag’lub etdi – 2:1. SHunday qilib, "Al Sadd" kubok sohibi sifatida OCHL guruh bosqichida o’ynaydigan bo’ldi. "Al Quva Al Javiya" – AGMK uchrashuvi g’olibi pley-offda Qatar Superligasida to’rtinchi o’rinni olgan "Al Garafa" klubiga qarshi safarda o’ynaydi.

Hozircha saralash bahslari va guruh bosqichi o’yinlari qachon bo’lib o’tishi aniq emas. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko’ra, saralash mart oyida o’tsa, guruh bosqichi aprel oyida boshlanadi.

Fikr bildirish