Futbol

24 fevral, chorshanba kuni futbol va futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoalari o’zaro o’yin o’tkazishadi.

47



24 fevral, chorshanba kuni futbol va futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari o'zaro o'yin o'tkazishadi.

Bahodir Ahmedov: “Ertaga faqat g’alaba uchun o’ynaymiz. Bahsga JCH-2016ga borganlarni ham chaqirdik”

Teglar : 
Vadim AbramovFutzalJCH-2016 O’zbekiston MTJO’zbekiston futzal terma jamoasiBahodir AhmedovMirabror Usmonov
24 fevral, chorshanba kuni futbol va futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoalari o’zaro o’yin o’tkazishadi.

Ushbu uchrashuv o’zbek futboli va sporti rivojiga katta hissa qo’shgan inson Mirabror Usmonov xotirasiga bag’ishlab o’tkaziladi. Ana shu o’yin oldidan futzalchilarimiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovning fikrlari bilan o’rtoqlashdik.

"Ertangi o’yinda g’alaba uchun to’p tepamiz, kurash bo’ladi. Bu o’yinga muxlislarga tanish nomlarni chaqirdik. 2016 yilgi mundialga borgan futzalchilarimizdan ham taklif qildik. Masalan: Artur Yunusov, Dilshod Irsaliev, Farhod Abdumavlonov, Konstantin Sviridov. Ularga qo’shimcha hozirgi terma jamoadagi o’yinchilarimizdan ham yigitlar bor.

Xullas, ertaga arenaga tashrif buyurgan muxlislar chiroyli va haqqoniy o’yin guvohi bo’lishadi. Vaqt to’xtamaydi, 20 daqiqadan ikkita bo’lim o’ynaladi", – dedi Ahmedov.

24 fevral, chorshanba kuni futbol va futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari o'zaro o'yin o'tkazishadi.

Eslatib o’tamiz, 24 fevral kuni bo’lib o’tadigan uchrashuvga kirish bepul. Bahs poytaxtimizdagi "O’zbekiston" sport majmuasida bo’lib o’tadi va 18:00da start oladi.

24 fevral, chorshanba kuni futbol va futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari o'zaro o'yin o'tkazishadi.

Vadim Abramov: "Futzalchilar bilan shou bo’lmaydi, oldingi mag’lubiyat uchun revansh olmoqchimiz"

Fikr bildirish