Boks/MMA

28 iyul kuni Olimpiya o’yinlarining beshinchi kun bahslari o’tkazildi.

159

Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o’zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada kuzatib borish mumkin bo’ldi. 

Sportchilarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Dzyudo: Gulnoza Matniyazova (ikkinchi jangida mag’lubiyat)

Dzyudo: Davlat Bobonov (BRONZA medali)

Boks: Mirazizbek Mirzaxalilov (1/8 finalda mag’lubiyat)

Boks: Dilshod Ro’zmetov (1/8 finalda mag’lubiyat)

SHu tariqa, kunlik onlayn matnli translyaciya o’z yakuniga etdi. 

16:41. Dilshodbek Ro’zmetov imkoniyatni 1:4 hisobida boy berib qo’ydi. Afsus. U ozarbayjonlik Alfonso Domingesga yutqazdi.

16:19. Birozdan so’ng Dilshodbek Ro’zmetovning jangi boshlanadi.

15:56 Erkaklar o’rtasidagi -90 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahs yakuniga etdi. Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov turkiyalik Mixael Zgank to’qnash keldi va raqibini mag’lub etdi

14:54. Bobonov endi bronza medali uchun Turkiya dzyudochisi Mixael Zgankka qarshi bahs yuritadi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 15:20 dan so’ng boshlanadi. 

14:26. G’alaba! Bobonov Golden Score’ning oltinchi daqiqasida g’alabaga erishdi! Endi u bronza uchun kurashadi. 

14:06. Nihoyat Davlat Bobonov ishtirokidagi jang boshlanmoqda.

13:33. Hozirda ayollar o’rtasidagi o’tish va yarim final bahslari o’tkazilmoqda. Bellashuvlar biroz cho’zilmoqda. Yana bitta jangdan keyin Bobonovning jangi boshlanadi.

13:18. Yana birozdan so’ng Davlat Bobonovning bronza medali uchun o’tish yo’lidagi jangi boshlanadi. Taxminan 13:30 dan so’ng sportchimiz tatamiga chiqadi. 

13:11. “Sport” kanalida dzyudo bahslarining translyaciyasi boshlanmoqda. Demak, nihoyat Davlat Bobonovning jangini tomosha qilamiz. 

11:11. Dzyudo. Bobonov jahon chempionati finali uchun revansh oladimi?

10:35. Endi Bobonov bronza medali uchun o’tish jangida Ispaniya sharafini himoya qiladigan Nikolas SHerazadishvili bilan bellashadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 13:20 dan so’ng boshlanadi.

10:33. Davlat Bobonov chorak finalda ikki karra jahon chempioni hisoblangan gruziyalik Lasha Beshauriga yutqazib qo’ydi. Endi u bronza uchun kurashadi

9:44. Endi Davlat yarim final yo’llanmasi uchun gruziyalik Lasha Bekauriga qarshi bahs yuritadi. Mazkur jang taxminan 10:15 dan so’ng boshlanadi.

9:42. Davlat Bobonov ukrainalik Kedjau Nabaliga qarshi bahsda IPPON evaziga g’alaba qozondi!

9:23. Birozdan so’ng dzyudochimiz Davlatbek Bobonov ikkinchi jangini o’tkazadi. Raqib – ukrainalik Kedjau Nabali.

9:05. Malumot uchun, Olimpiya o’yinlarida protest berish mumkin emas. Mazkur qoida faqat AIBA shafeligida o’tkaziladigan musobaqalarda amal qiladi. 

8:53. Kutilmagan xabar: Hakamlar -57 kg vaznli bokschimiz Mirazizbek Mirzaxalilovni ochiqchasiga “chopishdi”. Bokschimiz jangda yaqqol ustunlikka erishgandi. Biroq, hakamlar nima uchundir irlandiyalik bokschining g’alabasini qayd etishdi…

8:28. Birozdan so’ng Mirazizbek Mirzaxalilovning irlandiyalik Entoni Uolkerga qarshi jangi boshlanadi. Soat 8:35 dan boshlab tomosha qilamiz.

8:15. Gulnoza Matniyazova niderlandiyalik raqibasiga ippon evaziga yutqazib qo’ydi. Afsus.

8:12. Bobonovga kelasi bosqichda ukrainalik Kedjau Nabali raqiblik qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 9:00dan so’ng boshlanadi.

8:05. Birozdan so’ng Gulnoza Matniyazovaning niderlandiyalik Sanne Dijkega qarshi bahsi boshlanadi. Malumot uchun, bo’lajak raqib – jahon chempionati sovrindori hisoblanadi. 

7:56. Dzyudo. Davlatbek Bobonov italiyalik Nikolas Mungaini mag’lub etdi va ikkinchi bosqichga yo’l oldi! U 26-soniyada olingan vazari bahosi evaziga bahsni o’z foydasiga hal qildi.

7:39. Davlat Bobonov ishtirokidagi jang kutilganidan oldinroq boshlanmoqda. Sportchimiz ilk bellashuvni italiyalik Nikolas Mungaiga qarshi o’tkazadi.

7:14. Gulnoza Matniyazova endi ikkinchi bahsda niderlandiya vakilasi Sanne Dijkega qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 8:30dan so’ng boshlanadi.

7:03. Dzyudochimiz Gulnoza Matniyazova CHad Respublikasi vakili Demos Memnelumni soniyalar ichida mag’lubiyatga uchratdi!

06:48. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O’zbek sportchilarining Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokiga bag’ishlangan matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 

28 iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan o’zbekistonlik sportchilar:

7:00 – Dzyudo: Gulnoza Matniyazova

8:15 – Dzyudo: Davlat Bobonov

8:35 – Boks: Mirazizbek Mirzaxalilov

16:25 – Boks: Dilshod Ro’zmetov

Soatlar Toshkent vaqti bilan ko’rsatilgan

28 iyul kuni Olimpiya o'yinlarining beshinchi kun bahslari o'tkazildi.

Poster muallifi: Muxtasar Umarova

Fikr bildirish