Boks/MMA

3 aprel kungi boks oqshomi qahramonlaridan biri bo’lishi kutilayotgan Hasanboy Do’smatov kamar uchun ringga ko’tariladi.

130

Hasanboy prof boksdagi uchinchi jangini tanzaniyalik Muhsin Kizotaga qarshi o’tkazadi. Kizota faoliyati davomida 13 ta jangda ishtirok etgan bo’lib, 11 g’alaba, 2 mag’lubiyat qayd etgan.

Ahamiyatlisi, mazkur to’qnashuv vakant qolgan WBA International kamari uchun kechadi. Jang davomiyligi 10 raund qilib belgilangan. Avvalroq, Hasanboy Do’smatov Toshkentdagi jang oqshomida venesuelalik Aleksis Dias bilan jang qilishi haqida xabar qilgandik. 

Fikr bildirish