Futbol

Erling Holand yangi klubida qancha maosh olishni xohlayotgani ma’lum

994

Xabarlarda aytilishicha, norvegiyalik fubolchi yiliga 35 million yevro ishlab olmoqchi. Bunday talablar 20 yoshli hujumchining Yevropaning istalgan klubiga o‘tishini shubha ostiga qo‘yadi.

Oldinroq Holandning vakillari «Real» direktori Xose Anxel Sanches va «Barselona» prezidenti Joan Laporta bilan muzokara o‘tkazgan edi. Shu bilan birga, Ispaniyaning har ikkala klubi bilan ham aloqani norasmiy tarzda olib bordi va shu sababdan moliyaviy masalalar hali muhokama qilinmagan edi.

Bir necha oy davomida ingliz klublaridan biri hujumchiga murojaat qildi, ammo norvegiyalik yiliga 35 million yevro olishni istayotganini bilib, muzokaralardan voz kechdi. «Barselona» va «Real» ham futbolchiga bunday maosh berolmasligini bilishadi.

La Liga klublaridan biriga o‘tishni xohlasa, Erling va uning vakillarining moliyaviy talablarini sezilarli darajada kamaytirishi kerak.

«Borussiya» keyingi yilda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqa olmasa ham, Holandni qo‘yib yubormoqchi emas. Nemis klubi futbolchi bilan ham, uning agenti Mino Rayola bilan ham doimiy ravishda muloqot qilib turibdi. Iloji boricha dortmundliklar rahbariyati futbolchini tarkibda saqlab qolishmoqchi.

Forvard ushbu mavsumda Germaniya Bundesligasida 23 o‘yinda 21 ta gol urdi.

Fikr bildirish