Boks/MMA

UFC prezidenti Dana Uayt yarim o’rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usmanning navbatdagi raqibi kim bo’lishini aytdi.

304

Faqat buning uchun Usman kelayotgan yakshanba tongida Xorxe Masvidalga qarshi kechadigan revansh jangida g’alaba qozonishi shart. SHunday bo’lgan taqdirda u keyingini jangini Kolbi Kovingtonga qarshi o’tkazadi. Bu haqida Yahoo Sports kanaliga bergan intervyusida UFC prezidenti Dana Uayt aytgan.

“Usman – Kovington jangini o’tkazmoqchi ekanimni ko’pchilik juda yaxshi biladi. Bu tarixdagi eng yaxshi janglardan biri bo’lishiga ishonchim komil. Agar Kamaru shu haftadagi jangida Masvidalni mag’lub etsa, u holda keyingi raqibi Kolbi bo’ladi”, – dedi Uayt.

Eslatib o’tamiz, Kamaru Usman – Xorxe Masvidal o’rtasidagi revansh yakshanba tongida AQSHning Florida shtati Jeksonvill shahrida o’tkaziladigan UFC 261 turnirining markaziy jangi bo’ladi.

Fikr bildirish