Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi APL klubi qiziqish markaziga tushgan

283

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevga APL klubi “Sheffild Yunayted” qiziqish bildirgan. Bu haqda taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev o‘z telegram kanalida ma’lum qildi.

“Qozog‘istonda ba’zi manbalar shunday yozdi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev angliyaliklar kuzatuvida ekan. Eslatib o‘taman Igor Aktobe klubida muvaffaqiyatli o‘ynamoqda. Bu xabar asosli ekanligini tasdiqlay olmayman. Ko‘rdim, qiziqdim va bo‘lishdim”, – deydi Fayziyev o‘z telegram kanalida. 

Eslatib o‘tamiz, Sergeev “Aktobe”ning mart oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan edi.

Fikr bildirish