Futbol

Osiyo chempionati. Sarvarbek Zafarjonov terma jamoamizga ikkita bronza olib keldi

318

Kunning oxirgi guruhida supachaga -81 kg vaznli sportchilar ko’tarilishdi. 

Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Sarvarbek Zafarjonov va Hakimjon SHamshiddinov himoya qildi.

Dast ko’tarish mashqi birinchi urinishda 143 kg toshni o’ziga bo’ysuntirgan SHamsiddinov, ikkinchi urinishda 147, uchinchisida – 150 kg shtangani ko’tara oldi va o’z oldiga qo’yilgan vazifani alo darajada uddaladi.  

Sarvarbek Zafarjonov esa avvaliga 161, keyin 166 kg og’irlikni o’ziga bo’ysundirgan bo’lsa, uchinchi urinishda (170 kg) biroz omadi chopmadi. 

Medallar uchun kurashda unga raqiblik qilgan qozog’istonlik atlet Adolat o’g’li Nurgissa ikkinchi urinishda 169 kgni ko’tardi, uchinchi chiqishida esa 172 kg toshni jilovlay olmadi. 

Siltab ko’tarish mashqi ham ancha qiziq kechdi. Oltin medal va sovrinli o’rinlar uchun amalda 4 nafar atlet kurash olib bordi. Va biz uchun muhimi Sarvarbek Zafarjonov uchinchi urinishdan bo’lsada, 202 kg toshni o’ziga bo’ysundirdi. Aynan shu ko’rsatkich orqali atletimiz ikki kurash bo’yicha ham terma jamoamizga bronza medalini taqdim etdi. 

Dast ko’tarishda birinchi bo’lgan qozog’istonlik Nurgissa, siltab ko’tarishda uchinchi o’rinni egalladi va ikki kurash natijasi bo’yicha ham kumush medalga sazovor bo’ldi. 

Siltab ko’tarishda birinchi bo’la olmagan bo’lsada, Rustami Kianush (siltab ko’tarishda ikkinchi) ikki kurashda oltinni begona qilmadi. 

Osiyo chempionati.
Erkaklar, -89 kg.

1. Rustami Kianush – 373 (167 + 206) kg;
2. Nurgissa Adolat o’g’li – 372 (169 + 203);
3. Sarvarbek Zafarjonov – 368 (166 + 202) kg.

Fikr bildirish