Teglar :
“Paxtakor” OCHLAGMKXayrulla Xoliqov
Markazlashgan tartibda o’tkazilayotgan Osiyo chempionlar ligasining birinchi davrasi o’z nihoyasiga etdi.
Bugun ikkinchi davra bahslariga start beriladi. Buyog’iga nafaqat "Paxtakor" va AGMKning guruhi, balki boshqa guruhlarni ham diqqat bilan kuzatib borishimizga to’g’ri keladi. CHunki klublarimiz peshqadam bo’lmay, ikkinchi bo’lgan taqdirda qolgan guruhlardagi ikkinchi o’rin egalari bilan o’zaro hisob-kitob qiladilar.
Guruhdan nechta jamoa chiqadi?
Avvalgi yillari har bir guruhdan ikkitadan jamoa chiqardi. Lekin bu yil ishtirokchilar soni 40taga etkazilgani bois musobaqa formati o’zgardi. Endilikda G’arb mintaqasidagi 5ta guruhdan 5ta g’olib hamda eng yaxshi 3ta ikkinchi o’rin egasi chiqadi. SHarq mintaqasidan ham 5ta g’olib va eng yaxshi 3ta ikkinchi o’rin chiqadi. SHunday qilib 1/8 finalda 16ta jamoa bo’ladi.
Bu degani ikkinchi o’rinni olib ham qaysidir jamoalar keyingi bosqichga chiqa olmay qolishlari mumkin. O’zbek klublarida vaziyat qanday? "A" guruhi vakili AGMKdan boshlaydigan bo’lsak, olmaliqliklar 3ta o’yindan so’ng 4 ochko bilan 3-o’rinda borishyapti. AGMK dastlab "Al Hilol" bilan 2:2 o’ynadi, so’ngra Tojikistonning "Istiqlol" klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va o’tgan tur "SHabab Al Ahli"ni chiroyli "kambek" evaziga 2:1 hisobida mag’lub etdi.
Ko’rinib turibdiki, guruhda ikkinchi bo’lish uchun AGMK yon qo’shnilarimiz bilan bahs olib boradi. Negaki "Al Hilol" buyog’iga peshqadamlikni topshirib qo’ymasa kerak.
Endi "Paxtakor" joy olgan guruhga nazar tashlaymiz. Uch o’yinda atigi ikki ochko yiqqan "Paxtakor" OCHL bilan deyarli xayrlashib bo’ldi. Mo’jiza ro’y berishi uchun jamoa keyingi uchta o’yinni yutishi kerak bo’ladi. Lekin real olib qarasak, "Paxtakor"ning ketma-ket Amirlik, Eron va Iroq klublarini yutishiga ishonish qiyin.
Avvallari "Paxtakor" uchun Eron, Iroq, BAA klublari cho’t emasdi. Jamoa faqat Saudiya klublari bilan qiynalardi. Endi bo’lsa hatto Iroq klubi ham "Paxtakor"dan ochko ola bilyapti. "Paxtakor" bu yil OCHLdagi ilk g’alabasini qachon qo’lga kiritadi? Bu ham ko’pchilikni qiziqtirmoqda.
Barcha guruhlardagi etakchilar va 2-o’rin egalari
G’arb mintaqasidagi 5ta guruhda birinchi davradan so’ng quyidagi klublar birinchi o’rinni egallab turibdi.
"A" guruhi: "Al Hilol" – 7 ochko
"B" guruhi: "SHarja" (BAA) – 7 ochko
"C" guruhi: "Al Duhayl" (Qatar) – 7 ochko
"D" guruhi: "Al Nassr" (S.Arabistoni) – 5 ochko
"E" guruhi: "Persepolis" (Eron) – 9 ochko
Ikkinchi o’rinda borayotgan jamoalar:
"A" guruhi: "Istiqlol" (Tojikiston) – 4 ochko
"B" guruhi: "Traktor" (Eron) – 3 ochko
"C" guruhi: "Istiqlol" (Eron) – 6 ochko
"D" guruhi: "Fulad" (Eron) – 5 ochko
"E" guruhi: "Al Vahda" (BAA) – 4 ochko
Eng yaxshi natija ko’rsatayotgan 3 klub
Ikkinchi o’rinda borayotgan jamoalar orasida Eronning ikki klubi – "Istiqlol" bilan "Fulad" hamda BAAning "Al Vahda" klubi birinchi davradan so’ng 3ta eng yaxshi natija ko’rsatgan jamoalar bo’lib turibdi. Keyingi bosqichga chiqishga harakat qilayotganlar orasida Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi ham bor.
AGMK joy olgan guruhdan AGMK ham, "Istiqlol" ham keyingi bosqichga yo’l olishi mumkin. Bunisi endi navbatdagi 3 o’yin qanday o’tishiga bog’liq.
Nima deb o’ylaysiz, Sizningcha AGMK guruhdan chiqa oladimi?
Muallif : Xayrulla Xoliqov
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.