Teglar :
AGMKSHabab Al Ahli
Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi to’rtinchi uchrashuvini o’tkazadi.
Markazlashgan tarzda Saudiya Arabistonida o’tkaziladigan ushbu o’yinda olmaliqliklarga BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasi raqiblik qiladi. Uchrashuv soat 23:55 da boshlanadi va "UzReport" telekanali orqali jonli efirda translyaciya qilinadi.
AGMK Osiyo chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi "SHabab Al Ahli"ga qarshi o’yinga ko’tarinki ruhda tayyorgarlik olib bordi.
Kecha mahalliy vaqt bilan soat 21:00da mashg’ulot o’tkazgan jamoa taktik va texnik taraflama ishladi. SHuningdek, o’tgan uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgan hujumchi Zafar Polvonov bugungi mashg’ulotda qatnashdi.
"SHabab Al Ahli"ga qarshi kechgan birinchi davra doirasidagi o’yinda AGMK ajoyib kambekni amalga oshirib, Jokich va Komilovning gollari evaziga OCHL guruh bosqichidagi ilk g’alabani tantana qilgandi.
OFK bo’lajak uchrashuv rasmiylarini elon qildi. Unga ko’ra, "SHabab Al Ahli"ga qarshi kechadigan ikkinchi bellashuvni eski tanish hakam iroqlik Sabah Al-Qaysi boshqaradi. Eslatib o’tamiz, mazkur hakam AGMKning pley-off bosqichidagi "Al Garafa"ga qarshi o’yinida ham ishlagandi. Sabah Al-Qaysi uchun bo’lajak bahs AGMK ishtrokidagi ikkinchi o’yinga aylanadi.
OCHL-2021 guruh bosqichi.
"A" guruhi, 4-tur.
24 aprel, shanba.
"SHabab Al Ahli" – AGMK (23:55)
Ar-Riyod, "Qirol Fahd" stadioni.
Hakamlar: Sabah Al-Qaysi (Iroq), Hayder Ali Ubaydee (Iroq), Amir Davud Alvindavi (Iroq), Ali SHaban (Kuvayt).
Shabab Al-Ahli Dubai FC
|
AFC Champions League Grp. A . 4-tur 25/04/2021, 00:00 – – Boshlanmadi |
AGMK
|
Foto. AGMK "SHabab Al Ahli"ga qarshi o’yinga tayyor – jamoa mashg’ulotidan maxsus galereya
Mirjalol Qosimov: "Buyog’iga bizni yanada og’ir o’yinlar kutmoqda"
O’ziga kelgan qanot himoyachilari, o’yinni o’zgartira olgan Qosimov, AGMKdan "super kambek"
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.