2022 – yilda “Yuventus “shartnomasi yakuniga yetadigan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ushbu yozda jamoadan ketishi mumkin. Chunki, Turin klubi futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishgani yo‘q va keyingi mavsumda erkin agent maqomida qo‘yib yubormaslik uchun ham “keksa sinyora” portugaliyalikdan voz kechmoqchi.
Futbolchining o‘zi ham jiddiy tarzda klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Portugaliyalik CHLda g‘alaba qozonish uchun kurasha oladigan va unga yetarli o‘yin amaliyoti beradigan klubni ko‘rib chiqmoqda.
PSJ Ronalduning moliyaviy talablarini ham qondirishga tayyor. “Manchester Yunayted” ham o‘yinchiga qiziqmoqda, ammo klub uning moliyaviy talablarini qondira olmaydi.
36 yoshli hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 39ta o‘yinda maydonga tushib, 32ta gol va 4ta assist qayd etdi.