Futbol

Osiyo chempionlar ligasida bugun 5-tur yakuniga etadi.

299



Osiyo chempionlar ligasida bugun 5-tur yakuniga etadi.

4-o’rindagi AGMK guruhda 1-o’rinni olishi mumkin yoxud guruhdagi barcha klubning ochkosi teng bo’ladimi?

Teglar : 
AGMKOCHL-2021
Osiyo chempionlar ligasida bugun 5-tur yakuniga etadi.

O’zbekiston sharafini himoya qilayotgan AGMK klubi bugun "Al Hilol" bilan o’ynaydi.

To’rtta turdan so’ng AGMK hisobida 4 ochko bilan guruhda so’nggi o’rinda bormoqda. Biroq Mirjalol Qosimov shogirdlari guruhda birinchi o’rinni egallashi mumkin.

AGMK bugun "Al Hilol"ni istalgan hisobda mag’lub etsa, so’nggi turda esa "Istiqlol"ni ikki to’p farqi bilan taslim qilsa 99 foiz holatda guruhda birinchi o’rinni egallaydi.

Bunga faqat "SHabab Al Ahli" qarshilik qilishi mumkin. BAA klubi ham keyingi ikkita o’yinda g’olib bo’lsa AGMKda ham, ularda ham 10tadan ochko bo’ladi. Ochkolar teng bo’lib qolsa birinchi navbatda o’zaro o’yinlarga qaraladi.

Bunda Masharipov o’ynayotgan klub AGMKdan ustun bo’ladi: 3:1, 1:2.

Osiyo chempionlar ligasida bugun 5-tur yakuniga etadi.

Agar so’nggi turdan keyin "Istiqlol", "Al Hilol" va AGMK hisobida ochkolar teng bo’lib qolsa u holda mana shu uchta klubning o’zaro o’yinlari inobatga olingan holda jadval tuziladi. Bunday holatda AGMK (5 va 6-turda g’alaba qozonsa) 7 ochko to’plagan bo’ladi va guruhda birinchi o’rinni egallaydi. Bunda AGMK so’nggi ikki turda istalgan hisobda yutishi etarli bo’ladi.

Agar so’nggi turdan keyin faqat "Istiqlol" va AGMKning ochkolari teng bo’lib qolsa, u holda O’zbekiston klubi guruhda birinchi bo’lishi uchun oxirgi turda Qosimov shogirdlari ikki to’p farqi bilan yutishi shart bo’ladi.

Agar so’nggi turdan keyin barcha klublarning ochkolari teng bo’lib qolsa: Agar bugun AGMK va "SHabab Al Ahli" g’olib bo’lsa, so’nggi turda ikkala bahsda durang bo’lsa hamma klubda 8tadan ochko bo’ladi. Bunday holatda to’plar nisbatiga qaraladi.

Osiyo chempionlar ligasida bugun 5-tur yakuniga etadi.

Fikr bildirish