“Manchester Siti” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida eng qimmat futbolchi bo‘lib turgan Kilian Mbappeni olish variantiga qaytdi.
Fransiyalik hujumchi PSJ bilan amaldagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va parijliklar uni yozda sotib yuborishga majbur.
Asosiy xaridorlar qatorida “Liverpul” va “Real” qayd etilgan. Lekin moliyaviy jihatdan olib qaraganda, “Manchester Siti”ning imkoniyati ularnikidan ancha yuqori.
“Shaharliklar” UEFA Chempionlar ligasining yarim finalida PSJ bilan raqobatlashadi va shu bosqichdagi o‘yinlarda Mbappening o‘zi bilan gaplashib olmoqchi. Shuningdek, bu jarayonda PSJ rahbariyati bilan transfer masalasi muhokama qilinadi.