Boks/MMA

Butunjahon boks associaciyasi (WBA) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

264

Unga ko’ra, reytingdan olti nafar o’zbekistonlik bokschi o’rin olgan. Bu oyda bokschilarimiz yaxshigina ko’tarilishga erishishgan.

Elon qilingan reytingda Hasanboy Do’smatov birinchi o’ta engil (-48,9 kg) vazn toifasida yaxshigina ko’tarilgan va to’rtinchi o’ringa joylashgan. U Toshkentda o’tkazilgan jangda tanzaniyalik Muhsin Kizotani uchinchi raundda nokautga uchratib, WBA International kamarini qo’lga kiritgandi. 

Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek IBF yo’nalishi chempioni ham hisoblanadi. 

Birinchi yarim o’rta vazn toifasida (-63,5 kg) janglarini olib borayotgan bokschimiz SHahram G’iyosov Toshkentdagi himoya jangidan so’ng oltinchi o’rindan uchinchi o’ringa ko’tarilib olgan. SHohjahon Ergashev esa sakkizinchi pog’onani egallab turibdi. SHahram ayni paytda ushbu vaznda WBA International kamari sohibi hisoblanadi. 

Birinchi o’rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa birinchi o’rinda qayd etilgan.

Ikkinchi o’rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo’ziev (-76,2 kg) esa 15-o’rindan 7-o’ringa ko’tarilib olgan. U ayni paytda WBA Continental Americas kamari sohibi bo’lib turibdi.  

Fikr bildirish