PSJ «Liverpul» forvardi Muhammad Salohni sotib olish niyati borligini bildirgan. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda. Ushbu transfer parijliklar yetakchisi Kilian Mbappe jamoani tark etsa amalga oshiriladi.
Oldinroq Saloh haqiqatan ham mersisaydliklarni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Darhaqiqat, misrlikning Yurgen Klopp bilan munosabatlari yomonlasha boshladi.
Salohning transferi PSJga kamida 110 million yevroga tushishi kutilyapti.