Sentyabrda bo’ladigan mutlaq chempionlik jangi
Arlingtondagi boks kechasi-shunchaki ertak. AT&T Stadium arenasiga 73126 muxlis tashrif buyurdi, hamda ajoyib muhitda jang bo’lib o’tdi.
Kutilganidek, Billi Jo Sonders taniqli raqibiga qarshi jang o’tkazdi, biroq Kanelo har doimgidek dunyodagi eng yaxshi bokschi ekanligini ko’rsatdi.
U raqibini juda ayanchli ahvolga solib qo’ydi va britaniyalikning murabbiyi uni to’qqizinchi raundga qatnashishiga ruxsat bermadi. Saulning sentyabrda to’qqiz oy ichidagi to’rtinchi janggi jahonning mutlaq chempionlik kamari uchun bo’lib o’tadi.
AQSHning 43 yillik rekordini Texas ortda qoldirdi. Stadionga 73126 muxlis tashrif buyurdi
Tashkilotchilar bunday katta jang uchun yaxshi joy va vaqtni tanlashdi. Jang Meksikaning asosiy milliy bayrami arafasiga to’g’ri kelganligi sababli, mahalliy hokimiyat arenalarni istalgancha to’ldirishga ruxsat berdi. CHiptalarga sotuvning birinchi kuniyoq talab juda katta bo’ldi. Tashkilotchilar 70 mingga yaqin tomoshabin kutishgan edi, biroq raqamlar undan ko’proq bo’ldi. SHu tariqa, yopiq arenadagi boks musobaqasida tomoshabinlar soni bo’yicha rekord o’rnatildi. Hattoki, 1978 yilda Nyu-Orleandagi Muhammad Ali va Leon Spink o’rtasidagi revanshda 63352 kishi tribunada bo’lgan.
Kanelo birinchi raunddayoq ustinlikni qo’lga kiritish uchun harakatni boshlab yubordi. Meksikalik zarba berib raqibining harakatlarini sekinlatishga etibor qaratdi. Ajablanarlisi shundaki, Billi Jo uning eng yaxshi usullariga ham osonlik bilan bardosh berdi.
To’rtinchi va beshinchi raundga kelib kurash boshqacha tus oldi. Jebga qaraganda anderdog ko’p ishlatilganiga qaramasdan, bu meksikalikka bir qancha muammolarni keltirib chiqardi. Vaqt o’tgan sari Sondersning usullari qo’l kelmay qoldi. Sakkizinchi raundga kelib kurash o’z cho’qqisiga chiqdi: Sonders o’z uslubini topdi, biroq raqibiga ham moslasha boshladi.
Agar bokschi haqiqatan zo’r bo’lsa, u mana shunday vaziyatlardan unumli foydalana oladi. Saul raundning ikki daqiqasida zarbalar tezligini shunchalik oshirdiki, Billi Joga qarash ham dahshatli holga kelib qoldi.
Sonders o’zining burchagiga ayanchli ahvolda keldi va jangni davom ettirishga hali imkoni bordek tuyulardi, ammo murabbiyi uni keyingi raundga qo’yib yuborishdan bosh tortdi. CHunki shifokor ko’rigidan o’tgan britaniyalikning orbital suyagi singan edi.
Endi Kaneloda uchta kamar bor, to’rtinchisi esa Kaleb Plantda. Ularning barcha kutayotgan jangi sentyabrda bo’lib o’tadi
Jang to’xtagungacha bo’lgan vaqtda ham uchta hakamning hisobiga ko’ra: 77-75, 78-74, 78-74, Saul g’alaba qilayotgan edi. Zarbalar statistikasida ham etakchilik u tomonda edi.
Jangdan so’ng Alvares “ Bahs uzoq davom etishini aytgan edim, ammo u men kutgandek qiyin bo’lmadi. CHunki men tinimsiz kurashlar orqali o’syapman. Har bir raundda g’alaba qozondim.
Uning yonoq sohasini sindirdim deb o’yladim. Jangni davom ettirmasligini bilar edim. Suyagi singanligi uchun Sonders ringga chiqmasligini murabbiyimga aytdim. Men dunyodagi eng zo’r murabbiy bilan shug’ullanaman. U qanday tayyorgarlik ko’rishni hamda ringda nimalar qilish kerakligini aytadi va men bularni bajaraman”,-deb aytdi.
Eddi Xirn ham Sondersning ko’z sohasi singanligini va kasalxonaga etkazilganligi tasdiqladi.
Endi Kaneloda faqat bitta maqsad bor- IBF kamari va uning egasi Kaleb Plantni engish:
“Mening rejam-supero’rta vazn toifasidagi barcha kamarlarga ega bo’lish. Kaleb Plant, meni kut”.
Eddi Xirn “Plantga qarshi kurash-Kaneloga kerak bo’lgan asosiy jang. Kaleb ham xuddi shunday deb o’ylashiga umid qilaman hamda biz bu kurashni sentyabrda tashkillashtira olishimiz mumkin bo’ladi”,-deb takidladi.
Kanelo-Plant qarama-qarshiligi kutilayotgan eng shov-shuvli janglardan biri. Ammo eng hayratlanarlisi dekabrda hali Alvaresda supero’rta vazn toifasi bo’yicha bironta ham kamar yo’q edi, biroq endi u sentyabrda barcha kamarlarni to’plab, mutlaq jahon chempioniga aylanishi mumkin.
Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi