Teglar :
Qatar yulduzlar ligasiRaulGvardiola
Qatar Yulduzlar Ligasi XXI asr avvalida rivojlanishning yangi yo’lini tanladi.
2014 yilda uzoqni ko’zlab tuzilgan "Aspire Academy" loyihasi 15 yildan keyin mevasini berganidan xabaringiz bor. SHuningdek, o’sha davrda xalqning futbolga qiziqishini oshirish maqsadida jahon futbolining eng yorqin yulduzlarini juda ham katta pullar evaziga taklif qilish jarayoni boshlandi. Evrofutboldagi faoliyati oxirlab qolganlar esa "yog’li" takliflarni jon-dili bilan qabul qildi.
Qatar shayxlarining takliflarini rad qilmagan katta futbolchilar ro’yxatini etiboringizga taqdim qilamiz. O’qing, faqat qo’rqmang:)
"Al Arabi"da o’ynagan legionerlar:
Gabriel Batistuta (Argentina) — faoliyati davomida "Fiorentina", "Roma" va "Inter" jamoalari sharafini himoya qilgan futbolchi 2003-2005 yillarda Doha jamoasida o’ynagan.
SHtefan Effenberg (Germaniya) — 2003-2004 yillar. U "Bavariya" bilan CHempionlar Ligasining 2001 yilgi g’olibiga aylangan.
"Al Sadd"da o’ynagan legionerlar:
Romario (Braziliya) — 1994 yilgi jahon chempioni 2003 yilda Doha klubida to’p tepgan.
Frank Lebyof (Franciya) — 2003-2004 yillar. 1998 yilgi jahon, 2000 yilgi Evropa chempioni kelasi mavsumni "Al Vakra" safida o’tkazgandi.
Raul Gonsalez (Ispaniya) — 2012-2014 yillar. "Real Madrid" tarixidagi eng buyuk futbolchi "SHalke"dan keyin Qatar maydonlariga tashrif buyurgandi.
Xavi (Ispaniya) — 2015-2019 yillar.
Gabi (Ispaniya) — 2018-2020 yillar.
"Al Ahli" (Doha) tarixidagi eng mashhur futbolchi Xosep Gvardiola (2003-2005 yillar) hisoblanadi.
"Al Garafa"da o’ynagan legionerlar:
Sonni Anderson (Braziliya) — 2005-2006.
Junino Pernambukano (Braziliya) — 2009-2011.
Marsel Desayi — 2004-2005.
Uesli Snayder (Niderlandiya) — 2018-2019.
"Qatar SK"da o’ynagan legionerlar:
Klaudio Kanidja (Argentina) — 2003-2004.
Kristof Dyugarri (Franciya) — 2004-2005.
Jey-Jey Okocha (Nigeriya) — 2006—2007.
Samyuel Eto’o (Kamerun) — 2018-2019.
"Ar-Rayyan"da o’ynagan legionerlar:
Roke Junior (Braziliya) — 2008.
Sabri Lyamushi (Franciya) — 2006-2007.
Mario Basler (Germaniya) — 2003-2004.
Frank de Bur (Niderlandiya) — 2004-2005.
Ronald de Bur (Niderlandiya) — 2004-2005.
Fernando Yerro (Ispaniya) — 2003-2004.
Yuqorida Qatar Yulduzlar Ligasi tarixidagi eng mashhur legionerlar bilan tanishdingiz. Sizningcha, O’zbekiston chempionati tarixidagi eng kuchli legioner kim?
Muallif : Faxriddin Ro’ziyev
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.