Maykl CHendler – UFC’ning engil vazn toifasidagi yangi nomi. 35 yoshda. U tashkilotda bitta jang o’tkazgan (ajoyib tarzda Den Xukerni nokautga uchratgan) va shu zahoti kamar uchun davogarga aylangan. UFC’dan oldin Maykl “Bellator” chempioni, promoushen yulduzi bo’lgan.
Maykl ushbu yakshanba kuni CHarlz Oliveyra bilan UFC 262 musobaqasida katta qiyinchiliklarga duch keladi. Braziliyalik sportchi jiu-jitsuda yaxshigina mahoratiga ega: UFC’da g’alaba qozonish bo’yicha rekord o’rnatdi (karerasida 14 marta) va CHendler bu natijaga UFC’dagi butun umrlik kurashidagina etib kelishi mumkin.
Ammo qanday bo’lishidan qatiy nazar, Mayklni uyda mehribon rafiqasi Bri va … qora tanli bola kutib oladi. Ota-onalarning ijtimoiy tarmoqlari 5 yoshli Xepning yoqimli fotosuratlari bilan to’lib toshgan, ammo bazilar uchun bu kulgili. Jangchi ko’pincha izohlarni yopib qo’yadi va yaqinda irqchilik mojarosiga duch keldi.
CHendler bolani 9 oyligidayoq asrab oldi. Bu uning rafiqasining orzusi edi – u ilgari bolalar uyida ishlagan
Foydalanuvchilar CHendlerning ustidan kulishadi, chunki ular Xepni uning xotinining farzandi deb o’ylashadi. Ammo unday emas: Maykl va Bri bolani 2017 yilda, ular turmush qurganlaridan keyin asrab olishgan.
Ular 2011 yilda uchrashishdi va ikki yil davomida Internet orqali suhbatlashishdi. Bri uzoq vaqt uchrashuvga rozi bo’lmadi, lekin Maykl uni o’zi bilan kofe ichishga ishontirdi. Uchrashuvda Maykl sevib qoldi – o’shandan beri er-xotin sifatida ajralishmadi.
“U menga emas, tibbiyotga jonkuyar edi, rezidenturada bo’lgan, tez tibbiy yordam xizmatida haftasiga 80 soat ishlagan. Men uni yaxshi bilmasdim, lekin u barcha kutgan narsalarimdan afzal bo’lib chiqdi. So’nggi etti yil ajoyib bo’ldi, va bizni yana etmish yil kutmoqda, – deydi baxtli Maykl.
Yoshligida Bri bolalar uyida ishlagan va bu voqeani abadiy eslab qoladi. Qiz etim bolalar bilan sayrga chiqar, ular bilan kafeda ovqatlanib, kinoteatrga olib borardi. Ko’pincha kun oxirida bolalar yig’lashadi – ular Bri ularni uyiga olib ketishini xohlashardi. Keyin qiz o’ziga kelajakda albatta farzand asrab olishiga vada berdi.
Biroq, Xep Uittaker bunga juda mos kelmaganday tuyuldi. U to’qqiz oylik edi va CHendlerlar olti oylikdan katta bolani olishni xohlamadi. Ammo Mayklga Xepning fotosurati yuborilganda, u bolani tashlab ketolmasligini tushundi. CHendlerlar uni sevib qolishdi va hatto Xepning onasining yoniga tashrif buyurishdi: u atigi 17 yoshda edi. Maykl uni go’zal yosh qiz deb tarifladi.
Bolani asrab olish qiyin ish ekanligi isbotlandi. Barcha hujjatlarni yig’ish va suhbatlardan o’tish uchun bir yil davomida harakat qilishdi. Va nihoyat, ular farzand asrab olishga ruxsat olgach, his-tuyg’ularni yashirib o’tirishmadi:
“Biz so’nggi 5 yil ichida bu haqda o’ylaganmiz va duo qilganmiz. Endi biz birinchi o’g’limizni asrab olganimizdan mamnunmiz. Sizlarga o’zimizning g’urur va quvonchimizni taqdim etamiz – Xep Uittaker CHendler. Farzandlikka olish jarayoni uzoq va mashaqqatli bo’lgan, ammo Yaratganning o’zi bizni yo’limizni ochgan.
Bugun, har qachongidan ham ko’proq fillipinliklar postining birinchi bobi oltinchi satrini eslaymiz: “Yaxshi ishni boshlagan kishi buni Iso Masihning kunigacha ham amalga oshiradi”. Biz kelajakda bizni kutayotganlardan chinakam baxtiyormiz va chin dildan xursandmiz”, – deb yozdi Maykl Instagram’da.
Tarmoqdagilar CHendlerni masxara qiladi – bazilari uning farzandining terisi rangini gapirishardi
CHendlerlarning o’z farzandlari yo’q: Bri tibbiy faoliyat bilan band va tug’ruq tatiliga ketishga tayyor emas. Er-xotin buni keyinroqqa rejalashtirmoqda, endi ularning barcha muhabbatlari Xepga tegishli.
Maykl o’g’lini sevadi va uni oilasi deb bilishini tan oladi:
“Men asrab olingan bola va o’z bolam o’rtasida farqni ko’rmayapman. Uning tabassumida men tabassumimni, uning ko’zlarida ko’zlarimni ko’raman. Unda yuz ifodamni payqab qoldim.
Kun keladi, Xep mashg’ulotlarda azob chekayotganimni va oktagonda kurashayotganimni ko’radi. Mening erishgan yutuqlarimni ko’radi. U men bilan faxrlanishini duo qilib so’rayman, chunki bu meni yaxshi odamga aylantiradi”.
CHendlerlar tushunishadi: Xep qora tanli va u o’zini asrab olingan deb taxmin qiladi. Ota-onalar uning biologik onasi bilan muloqotiga qarshilik qilmaydilar, ammo ular unga bera olmaydigan kelajakni berishni xohlashadi.
“Men faqat Xepning talim olishiga, u kimligini va qaerdanligini eslashiga ishonch hosil qilishni istayman. Men uning Amerikadagi qora tanlilarning azoblari haqida bilishini xohlayman va qora tanli bo’lish juda zo’r”,-deb tan oladi CHendler.
Maykl mukammal otaga o’xshab ko’rinsa ham, uni ko’pincha Internetda masxara qilishadi. Bazilar farzand asrab olgani haqida bilishmaydi va jangchi birovning bolasini tarbiyalayapti deb o’ylashadi. Mayklni xotini xiyonat qilgan er (“cuckold”) deb atashadi. Dahshatli hazillar rafiqasining sahifasini to’ldiradi. Bundan ham ko’proq ijobiy izohlar bo’lsada, Maykl ko’pincha oilasining fotosuratini joylashtirganida izohlarni yopib qo’yadi.
UFC Maykl va uning asrab olgan o’g’li haqida hikoya qilmoqchi edi. Ammo buning o’rniga u sportchini irqchilik mojarosiga tortdi
Yil boshida UFC CHendlerlarning tasirchan voqeasini dunyoga aytib berishga qaror qildi. Maykl va uning asrab olgan o’g’lining tarixi Qora tarix oyligida elon qilindi. Bu oyda amerikaliklar Qo’shma SHtatlardagi qora tanlilarning yutuqlarini eslashadi. Qora bolani asrab olgan oq tanli odam haqidagi voqea shov-shuvga sabab bo’ldi.
Aksariyat foydalanuvchilar Mayklning ajoyib ota ekanligini tan olishdi va janjal kelib chiqishida UFC aybdor. Tashkilot UFC’ni ulug’lagan qora tanli jangchilar haqida gapirib berishi mumkin edi, aksincha u oq tanli sportchi haqida hikoya qildi. Foydalanuvchilar bunda irqchilikni ko’rdilar: Maykl faqat qora tanli bolani asrab olgani uchun qahramon sifatida taqdim etildi.
Ular tarmoqda mana bunday izohlar qoldirishdi:
“O’ylashimcha, CHendler yaxshi ota ekanligiga hamma rozi. Ammo ular uni Qora tarix oyligini nishonlash uchun tanlaganlar… UFC’da shunchalik qora tanli jangchilar ko’pki, siz ulardan biri haqida gapira olmaysizmi?”.
“Qora tanli bolaning asrab olinishi uni garovga olingani emas. Qora bolaga oq tanli ota-onasi UFC haqidagi hikoyasini aytib berishidan oldin uni tashlab ketishganini bilmay o’sadi! Jin ursin, UFCni va bu barcha yomon xotiralarni miyangdan yuvib tashla!”.
“CHendler yalangoyoq edi… Barbi qiz va endi qora tanli bola. Uning televizorga chiqish uchun hamma narsani qilganiga hayron emasman”.
“Qora bolani oq tanli qabul qilishi qahramonlikdek tuyuladi, chunki bu juda aqlli va g’ayrioddiy harakat. Syujet oq tanlilarga qaratilgan va ularning Qora tarix oyligi haqidagi qarashlarini ko’rsatadi”.
“O’g’liga qora tanli bo’lishni qanday o’rgatayotganini aytayotgan odam do’zaxdagidek azobda”.
CHendler mojaroga munosabat bildirmadi, chunki aksariyat muxlislar uni yaxshi ko’rishardi. U Oliveyra bilan chempionlik jangiga astoydil tayyorgarlik ko’rdi va faqat vaqti-vaqti bilan o’quv yig’inida o’g’lini sog’inib qolganidan shikoyat qildi. Maykl Xepning oldiga UFC chempionlik kamarini olib kelmoqchi – va u yakshanba kuni o’g’li uchun oktagonga ko’tariladi.
Sports.ru sayti asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi