Boks/MMA

UFC 262 ning asosiy jangi shunchaki aqlga sig’maydi!

308

Biz nafaqat Xabib Nurmagomedov o’rnini egallagan yangi chempionning nomini bilib oldik, balki unda hamma narsani ko’rdik: nokdaunlar, teykdaunlar va eng muhimi – nokautni tomosha qildik. Va bularning barchasi 5 daqiqa 19 soniyada amalga oshirildi!

CHarlz Oliveyra va Maykl CHendler yorqin kurash olib borishdi. Amerikalik sportchi birinchi raundda g’alaba qozonishi uchun bir nechta zarba qolgandi, ammo Oliveyra yil qaytishini amalga oshirdi (biz hozir bu haqda gaplashamiz!). Avval u omon qoldi, garchi bunga ko’pchilik ishonmagan bo’lsada, Mayklni nokautga uchratdi.

CHendler Oliveyraning ortiga qaradi: u raqib sifatida Konor yoki Poreni tanladi. Maykl daxshatli shov-shuvga duch keldi

CHendler UFC’ga iloji boricha epik tarzda kirib keldi: Den Xukerni debyut jangida (2021 yil, yanvar) yarim raundda nokautga uchratdi va shu zahoti kamar uchun davogarga aylandi. Taqqoslash uchun: Oliveyra o’zining UFC’dagi debyutini 2010 yilda o’tkazgan va chempionlik jangiga etib kelish uchun 8 (!) g’alabadan iborat seriyaga erishish kerak edi.

Dana Uayt darhol CHendlerni yoqtirib qoldi, u baland ovozda bayonotlar bilan divizionning yangi shov-shuvli aurasini qurdi. Uning so’zlariga ko’ra, agar Xabib karerasini yakunlamaganida, 29 g’alaba va bitta CHendlerga ega bo’lar edi, keyin u birinchi titul himoyasi uchun raqib tanladi.

“Mening ichimdagi sportchi Pore – Konor jangi g’olibi bilan jang qilmoqchi, ammo biznesmen ustunlikni Konorga beradi”,-dedi CHendler.

Toni Fergyuson nima bo’layotganini kuzatayotgan edi, ketma-ket 12 g’alabadan keyin ham hech qachon to’liq chempionlik jangiga ega bo’lmagan:

“Senga hamma narsani kumush likopchada tutqazishdi. Dana Uayt tomonidan imtiyoz berildi”.

Ushbu gap-so’zlarning barchasi CHendlerni UFC yulduzi darajasiga olib chiqdi, garchi u oktagonda atigi 2 daqiqa 30 soniyani o’tkazgan bo’lsa ham. Ammo bu amerikalikka Oliveyra bilan to’qnashuv uchun ishonchli prognoz berishga xalaqit bermadi.

UFC 262 ning asosiy jangi shunchaki aqlga sig'maydi!

“Menimcha, Den Xuker kuchliroq sinov edi. Ammo Xuker bilan jangda bo’lgani kabi Oliveyrani ham nokautga uchratishimga amin emasman. Uning Pol Felderga yoki Dastin Porega qarshi janglariga qarang – CHarlz juda kuchli jangchi. G’alaba qozonish uchun uning aqlini bo’ysundirishim kerak.

Men uni eng yaxshi ko’rgan usulim – oyoqlariga qattiq urush orqali jangni tugataman. Uni vahimaga tushiraman va birinchi raundda nokautga uchrataman. Agar birinchi bo’lmasa ikkinchi raundda.

Men gaz pedalida oyog’imni 25 daqiqa ushlab turaman, buni o’n martalab qildim. Xullas, men uni nokautga uchrataman, keyin ular Xyustondagi minglab tomoshabinlar oldida mening qo’limni ko’tarishadi va men pulimni olaman”,-dedi CHendler.

CHendler birinchi raundda haqiqatan ham yaxshiroq harakat qildi. Ammo Oliveyra hamma narsaga bardosh berdi va Mayklni engdi

Jang kartinasi avval boshidanoq aniq edi. CHendler yaqin masofadan turib Oliveyrani yiqitishi kerak edi. CHarlzning jiu-jitsusi kuchli, ammo Mayklning kurash bazasi raqib o’zini qulay his qilishiga imkon beradi.

SHu sababli Oliveyra kurashni yagona to’g’ri taktika bilan boshladi – u oldinga bordi, chekinmadi. Ammo javob qaytarmadi. SHuning uchun bir qancha vaqt barchani hayratga soldi va qayta oyoqqa turdi. CHendlerni yiqitib orqa tarafdan hujumga o’tdi. CHarlzning nazorati kuchli edi, ammo Maykl o’zini bo’g’ib qo’yishiga yo’l qo’ymadi. Raqibining iskanjasidan chiqdi va turgan joyida bombardimon qila boshladi.

To’qnashuvlardan birida Oliveyra uzoq vaqt parterda qolib ketdi, hatto qimirlamay qolgandek tuyuldi. Lekin qandaydir mo’jiza tufayli CHarlz ortiga o’girilib qanchalik qiyin bo’lmasin, raqibini parterga bog’lab qo’ydi. Raund oxirida hakam hammasini tugatishi uchun CHendler yana bir nechta zarba yo’lladi, biroq Oliveyra raund so’ngigacha bardosh berdi.

UFC 262 ning asosiy jangi shunchaki aqlga sig'maydi!

Va keyin bir qator omillar ham Oliveyraning g’alabasini taminladi: 

– CHendler juda charchagandi, raundni egallab, nokautga intilgandi;

– Maykl shunchaki birinchi raundda raqibni sindira olmaganda, nima qilish kerakligini tushunmadi;

– Oliveyra xotirjam edi, o’zini tikladi va asl holiga qaytdi.

SHuning uchun ikkinchi raund atigi 19 soniya davom etdi. Bu vaqt ichida Oliveyra 17 ta zarba yo’lladi, 14 tasi aniq nishonga tegdi va eng yorqin nokautga erishdi:

Baxtli Oliveyra oktagondan sakrab chiqib, sharhlovchilar stoli ustiga ko’tarildi va keyin Danani quchoqladi.

“Hey Dana, menga ishoning! Siz menga Toni Fergyusonni 20 kun oldin bergan edingiz va men u bilan hech kim mendan kutmagan ishni qildim. Siz menga “Bellator”ning yirtqich hayvonini berdingiz va men uni nokautga uchratishimni aytdim. Men bu erga kelib uni nokaut qildim. 

11 yil oldin men sherlar orasida sher bolasi edim. Endi men sherlar orasida sherman. Men hech qachon orzularidan voz kechmagan favelana (Braziliyada qashshoq aholi yashovchi mahalla, “qarovsiz uy” – manosini anglatadi. Tahririyat.) man. Agar sizda ishonch bo’lsa, hamma narsa amalga oshadi”, – dedi Oliveyra.

U bu lahzani juda uzoq vaqt kutgan edi!

sports.ru sayti asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Fikr bildirish