Boks/MMA

Og’ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoning sobiq murabbiyi Jeyms Ali Bashirning aytishicha, uning sobiq shogirdi faoliyatini davom ettiradi va afsonaviy Jorj Formanning rekordini yangilaydi.

240

“So’nggi ikki-uch yil ichida men odamlarga Vladimirning qaytishini aytib kelyapman. Hamma bu gapimga kulardi, endi nima bo’ladi? Endi hech kim kulmaydi. Men Vladimir Klichkoni yaxshi bilaman. U bilan yaqin munosabatdaman. So’nggi yillarda, men Vladimir sportni tark etganidan keyin ham Ukrainaga doimiy ravishda kelganman. Klichkoning mashg’ulotlarini ko’rganman. O’zimdan so’radim, agar u jang qilmasa, nega shunday mashg’ulot o’tkazyapti? Ammo u mashq qiladi, mashq qiladi va mashq qiladi. Va men o’zimga aytdim: bu yigit yana boksga qaytadi. Men bu haqda Qo’shma SHtatlarda aytdim. Hamma kulardi, ammo endi hech kim kulmaydi.

Menimcha, Vladimir Jorj Formanning rekordini yangilaydi va tarixdagi eng keksa og’ir vazn chempioniga aylanadi. Uning qaytishiga aminman. U qaytib kelib, uchta katta yigitning to’g’ri kelganini – Joshua, Fyuri va Uaylderni mag’lub etadi”, – dedi Bashir “CHempionat” muxbiriga bergan intervyusida.

Fikr bildirish