Boks/MMA

UFC promousheni tomonidan 24 iyul kuni o’tkaziladigan navbatdagi turnirning markaziy jangi tasdiqlandi.

291

Unga ko’ra UFC Fight Night turnirining markaziy jangida engil vaznda sobiq UFC chempioni, amerikalik 35 yoshli Ti Jey Dillashou reytingning ikkinchi pog’onasidan joy olib turgan Kori Sendxagenga qarshi oktagonga ko’tariladi. Hozircha ushbu turnirning o’tkazilish manzili malum emas.

Eslatib o’tamiz, aslida ushbu jang 9 may kuni UFC Vegas 26 turniri doirasida o’tkazilishi kerak edi. Lekin Dillashouning jarohati sabab kechroq muddatga ko’chirilgandi. Bu Ti Jey uchun ikki yillik diskvalifikaciyadan keyingi ilk jang bo’ladi. U 2019 yilda taqiqlangan modda sabab ikki yilga chetlatilgan edi. 

Fikr bildirish