Futbol

Roman Abramovich bir yil ichida yana ikki milliard funt ishlab oldi

229

Sunday Times gazetasi Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatini tuzdi. Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich birinchi o‘ntalikka kirdi.

«Chelsi» egasi inqirozga qaramay, bir yilda o‘z kapitalini 2 milliard funtga oshirdi. Abramovichning umumiy boyligi 12 milliard funtga baholanmoqda.

Qizig‘i shundaki, biznesmen uch yildan buyon viza bilan bog‘liq muammolar tufayli Buyuk Britaniyaga kiritilmayapti. Ayni paytda Abramovich Isroilda yashaydi.

Fikr bildirish