Futbol

Italiya A Seriyasining sensaciyalarga boy bo’lgan navbatdagi mavsumi yakunlandi.

240



Italiya A Seriyasining sensaciyalarga boy bo'lgan navbatdagi mavsumi yakunlandi.

Eldor Riberi, Eriksen va Handanovichdan yuqorida!

Teglar : 
Kristian Eriksen A SeriyaEldor SHomurodovFrank Riberi
Italiya A Seriyasining sensaciyalarga boy bo’lgan navbatdagi mavsumi yakunlandi.

Biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz Eldor SHomurodovning Italiya chempionatidagi ajoyib harakatlari bo’ldi. Surxondaryolik futbolchi kuzda Rostovdan Apennin sari yo’l olar ekan, uning top-ligada o’ynab keta olishiga shubha qilganlar talaygina edi. Biroq, SHomurodov nafaqat o’ynadi, balki "Eldorado"ga aylandi.

Italiya A Seriyasining sensaciyalarga boy bo'lgan navbatdagi mavsumi yakunlandi.

23 may kuni Eldorning mavsum davomida Edin Jeko ("Roma"), Olive Jiru, Timo Verner (har ikkovi — "CHelsi"), Usmon Dembele ("Barsa"), Mauro Ikardi (PSJ) hamda Aleksis Sanchesdan ("Inter") ko’proq gol urgani haqida malumot bergandik.

Italiya A Seriyasining sensaciyalarga boy bo'lgan navbatdagi mavsumi yakunlandi.

Bugun Italiyaning "La Gazzetta dello Sport" nashri o’z tasnifiga ko’ra A Seriyaning o’tgan mavsumda yaxshi o’ynagan futbolchilar  yuzligini elon qildi. Unda kuchli o’nlik quyidagicha ko’rinish  kasb etgan:

1. Romelu Lukaku ("Inter")

2. Frank Kesse ("Milan")

3. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus")

4. Luis Muriel ("Atalanta")

5. Nikolo Barella ("Inter")

6. Rodrigo de Paul ("Udineze")

7. Zlatan Ibragimovich ("Milan")

8. Lorenco Insine ("Napoli")

9. Ashraf Hakimi ("Inter")

10. Remo Froyler ("Atalanta")

Italiya A Seriyasining sensaciyalarga boy bo'lgan navbatdagi mavsumi yakunlandi.

Eldor SHomurodov esa reytingning 85-pog’onasiga joylashtirilgan. Etiborli jihati, 8 ta gol urgan forvard "Inter"ning chempionligiga munosib hissa qo’shgan Samir Handanovich, italyan futbolining so’nggi 10 yillikdagi eng kuchli himoyachisi Jorjo Kellini, "neradzurrilar"ning qimmatbaho yarim himoyachisi Kristian Eriksen hamda afsonaviy Frank Riberidan yuqoriroqqa joylashgan.

Italiya A Seriyasining sensaciyalarga boy bo'lgan navbatdagi mavsumi yakunlandi.

Malumot uchun, A Seriyaning o’tgan mavsumida 554 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ulardan 336 nafari legionerlar hisoblanadi.

F.R.

Italiya A Seriyasining sensaciyalarga boy bo'lgan navbatdagi mavsumi yakunlandi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish