
Teglar :
Manchester Yunayted Evropa Ligasi “Vilyarreal”
Bugun Evropa ligasining final o’yini bo’lib o’tadi.
Ushbu o’yin atrofidagi qiziqarli malumotlar, xabarlar ushbu sahifaga jamlanadi.
Villarreal
|
Europa League Final Stage . final-tur 27/05/2021, 00:00 – – Boshlanmadi |
Manchester United
|
Stadion: Polsat Plus Arena Gdansk
Bosh hakam: Clement Turpin
20:30. 2017 yilgi Evropa finalini jarohati sababli o’tkazib yuborgan mankunianliklar
20:08. Evropa ligasi sovrini stadionga olib keltirildi.
20:00. "Uzoq yillardan buyon futbol o’ynayapman. SHu davr mobaynida siz juda katta tajriba to’playsiz, ammo futbolda ko’rmagan narsalaringiz juda ko’p bo’ladi. Vaqt o’tgani sayin yangiliklarni ko’rib boraverasiz. Hayot shu tomoni bilan go’zal. O’sish, rivojlanish, dunyoni ko’rish kerak. Hayotning har bir bosqichidan o’tgan odam yanada yaxshiroq bo’lib boraveradi", – Edinson Kavani.
19:30."Vilyarreal"ning uzoq yillik orzulari ushaldi. Jamoa bir necha yillardan buyon xalqaro maydonlarda ter to’kdi va nihoyat finalga chiqdi. Bunday hissiyotlarni faqatgina finalga chiqqanlar tushuna oladi", – Markos Senna.
19:00. Bugun "Vilyarreal" sariq, "Manchester Yunayted" qizil liboslarida o’ynaydi.
18:45. "Bu erga sovrinlar yutish uchun kelganman va bu final biz uchun katta imkoniyat. "Yunayted"ni finalda ko’rish bizga ajoyib tuyg’ularni tuxfa qiladi" – Viktor Lindelof.
18:30. Qiziqarli tomoni shundaki, shu kunga qadar tomonlar 4 marta o’zaro o’yinda qatnashgan va ularda birorta gol urilmagan)
14.09.2005. Vilyarreal – Manchester Yunayted 0:0
22.11.2005. Manchester Yunayted – Vilyarreal 0:0
17.09.2008. Manchester Yunayted – Vilyarreal 0:0
25.11.2008. Vilyarreal – Manchester Yunayted 0:0
18:15. Demak, bizning talqinimizga ko’ra, bugungi o’yin uchun taxminiy tarkib. Kechagi matbuot anjumanida Sulsher himoyachi Maguayrning safga qaytishi mumkinligini inobatga olsak, u imkoniyatdan maksimal foydalanishini kutyapmiz. So’nggi paytlarda zaxira posboniga aylangan David de Xea esa bugungi o’yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.