Kun davomida 6 nafar bokschimiz jang qiladi. Ushbu sahifa orqali jang natijalari bilan tanishib borishingiz, shuningdek bahslarni jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
23:46: O’zbekiston erkaklar terma jamoasining barcha o’n nafar bokschisi yarim final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Qizlarimizdan esa sakkiz nafar yarim finalda jang qiladi. Bu degani terma jamoamizning 20 nafar bokschisidan 18 tasida Osiyo chempionatining medallari bo’ladi. Olg’a yangi O’zbekiston chempionlari
23:45: Dilshodbek Ro’zmetov raqibini nokaut qildi va yarim finalga yo’l oldi
23:25. Og’ir vazn toifasida jahon chempioni Bahodir Jalolov ilk jangini Tojikiston vakili Siyovush Zuxurovga qarshi o’tkazishi lozim edi, biroq raqib jang qilishdan bosh tortdi va shu tariqa bokschimiz keyingi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritdi
23:00: Qozog’istonlik jahon chempioni Bekzat Nurdauletov (-81 kg) kutilmaganda eronlik bokschiga yutqazib qo’ydi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Ushbu vaznda birozdan so’ng Dilshodbek Ro’zmetov ringga ko’tariladi.
22:14. -75 kg vaznli bokschimiz Saidjamshid Jafarov musobaqadagi ikkinchi jangini qirg’izistonlik raqibga qarshi o’tkazdi va 5:0 hisobidagi g’alabaga erishdi.
21:17. -69 kg vazn toifasidagi charm qo’lqop ustamiz Bobousmon Baturov qirg’izistonlik Rustambek Nuradin Uulini katta ustunlik bilan 5:0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.
20:41. Abdumalik Xalakov ikkinchi jangida tojikistonlik raqibni 5:0 hisobida mag’lubiyatga uchratib, yarim finalga yo’l oldi.
20:35. SHiddatli va murosasiz kechgan bahsda hamyurtimiz g’alaba qozondi
20:04 Olimpiya va jahon chempioni SHahobiddin Zoirov ilk jangini o’tkazdi va g’alaba qozondi