Futbol

Bugun Polshaning Gdansk shahrida Evropa Ligasining hal qiluvchi bellashuvi bo’lib o’tadi.

277



Bugun Polshaning Gdansk shahrida Evropa Ligasining hal qiluvchi bellashuvi bo'lib o'tadi.

“Sariq suvosti kemasi” “qizil iblislar”ga qarshi yoxud Emeri turnirdagi 5-finalida qatnashadi (prevyu)

Teglar : 
Prevyu“Manchester Yunayted”​ Evropa LigasiSHerzod Nurmatov“Vilyarreal”final
Bugun Polshaning Gdansk shahrida Evropa Ligasining hal qiluvchi bellashuvi bo’lib o’tadi.

Finalga qadar bosib o’tilgan yo’l

"Vilyarreal"ning Evropa Ligasidagi natijalari qoyilmaqom: 2 ta durang va 12 ta g’alaba! Emeri shogirdlari guruh bosqichidayoq ustunlikni o’z qo’llariga olishgan: "Sivasspor" va "Qorabog’" ustidan ikkitadan g’alaba, shuningdek, Tel-Avivning "Makkabi klubi bilan o’yindagi durang va yutuq "sariq suvosti kemasi"ga 16 ochko to’plash va pley-offda "Zalcburg" bilan o’ynash imkoniyatini berdi. Avstriya klubi har ikki o’yinda mag’lub etildi (2:0, 2:1). Keyingi bosqichlarda Kievning "Dinamo"si (2:0, 2:0) va Zagrebning "Dinamo"si (1:0, 2:1) ustidan g’alaba qozonildi. Emeri yarim finalda o’zining sobiq jamoasi "Arsenal"ni ikki o’yin natijasiga ko’ra umumiy 2:1 hisobida engdi va finalga chiqdi.

"Manchester Yunayted"ning turnir yo’li CHempionlar Ligasidan boshlandi, angliyaliklar u erda PSJ, "Leypcig" va "Istanbul" bilan bir guruhdan o’rin egallashdi. "Qizil iblislar" guruhda uchinchi o’rinni olib, o’z-o’zidan Evropa Ligasiga yo’l olishdi. Sulsher jamoasi ushbu musobaqaning 1/16 finalida Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoasini ranjitdi (4:0, 0:0). Keyingi bosqichda "Milan" mag’lub qilindi (1:1, 1:0). "Manchester Yunayted" shundan keyin aytarli qiyinchilikka duch kelmadi: chorak finalda ikki o’yin natijasiga ko’ra "Granada" taslim qilindi (2:0, 2:0). Yarim finalda "Roma" tor-mor keltirildi (6:2, 2:3).

"Vilyarreal" himoya qo’rg’oni – oshib o’tilmas dovon

"Vilyarreal" tarkibida barqaror to’rt himoyachi va haqiqatan ham kuchli futbolchilar bor. Raul Albiolni alohida tanishtirishning hojati yo’q: 35 yoshga to’lganiga qaramay, himoyachi hamon yuqori darajadagi o’yinni namoyish etmoqda. Albiolning himoya markazidagi sherigi, jamoaning asosiy yulduzi – Pau Torres. 24 yoshli futbolchi yozgi transfer bozorining "portlatuvchisi"ga aylanishi kutilyapti. Albatta, ko’p narsa uning Evrodagi o’yinlariga bog’liq bo’ladi. Hozirda uning potencial xaridorlaridan biri aynan bugungi raqib "Manchester Yunayted"ligi aytilmoqda.

"Vilyarreal"ning ikki qanot himoyachilari kuchli hisoblanadi, ularning har ikkisi ham klub tizimida tarbiyalanishgan. Mario Gaspar allaqachon sardorlik bog’ichini taqqan jamoa etakchisi sanalsa, Alfonso Pedrasa yozgi transfer bozorining yana bir xaridorgir ishtirokchisi. Mish-mishlarga ko’ra, "Barselona" himoyachiga qiziqish bildirmoqda, ammo hozir u uchun asosiysi – Evropa Ligasida g’alaba qozonish. MYU hujumchilari bunday himoyaga ega klub bilan qiynalishlari aniq. Final bosimi hisobga olinsa, koncentraciya maksimal darajada bo’ladi. Bu final o’zgacha ko’rinishda o’tishiga yana bir dalildir.

G’alaba – CHempionlar Ligasiga chiqish uchun so’nggi imkoniyat

"Vilyarreal" La Ligada ettinchi o’rinni egalladi, bu g’alati va tushunarsiz Konferenciyalar Ligasiga yo’llanma berdi. UEFAning yangi musobaqasi "kuchli beshlik" klublari uchun katta qiziqish uyg’otishi ehtimoldan yiroq – chunki ular bazida Evropa Ligasini ham etiborsiz qoldirishga yo’l qo’yishadi. Endi yangi turnir maqomi qay darajada ekanligini o’ylab ko’ravering. "Vilyarreal" CHempionlar Ligasiga chiqish uchun yaqinlashayotgan finalda g’alaba qozonishi zarur. O’yin nuqtai nazaridan "sariq suvosti kemasi" hech bo’lmaganda keyingi mavsumda Evropa Ligasida ishtirok etishga loyiq edi: "Vilyarreal" ko’p ochko ololmadi, lekin Emeri shogirdlari urilgan gollar bo’yicha  faqat "Barselona" va ikki Madrid grandidan ortda qolishgandi, xolos.

Bevosita Emeriga to’xtalganda ispaniyalikning Evropa Ligasida zafar quchish qobiliyatini eslab o’tmaslik xato bo’ladi: uning "Sevilya" bilan turnirdagi 3 ta chempionligi "Manchester Yunayted"ni jiddiy tayyorgarlik ko’rishga va maydonga tushishdan oldin g’alabani nishonlashni boshlamaslikka majbur qiladi. Bugun Emeri o’zining turnirdagi 5-finalida qatnashadi. U "Sevilya"dan tashqari 2019/19 yilgi mavsumda "Arsenal" bilan ham finalga chiqqan, biroq "CHelsi"ga mag’lub bo’lgan (1:4). 

Bugun Polshaning Gdansk shahrida Evropa Ligasining hal qiluvchi bellashuvi bo'lib o'tadi.

MYUning oxirgi paytlardagi holati u qadar yaxshi emas

"Qizil iblislar"so’nggi 6 uchrashuvda atigi 2 ta g’alabaga erishdilar. Albatta, buni musobaqa maqsadlari bilan izohlash mumkin: jamoa "Roma"dan to’rtta gol o’tkazmasligi haqiqatga yaqin edi, "Lester"ga qarshi esa ikkinchi tarkib o’ynadi. Ammo "Liverpul"dek ashaddiy raqibga qarshi o’yinda deyarli asosiy tarkib maydonga tushganiga qaramasdan, mag’lubiyatga uchraldi (2:4). "Fulxem" bilan durang (1:1)ni tushuntirish ham qiyin. Edinson Kavani ushbu uchrashuvda maydon markazidan gol urdi, ammo autsayder "Old Trafford" maydonidan bir ochko bilan qaytdi. Bunday bo’shashish yulduzlarga tasir qilib, fikrlarini bir erga jamlay olmaslikka olib kelishi mumkin.

"Vulverxempton" bilan APLning so’nggi uchrashuvida ikkinchi tarkib harakatlandi, zaxiradan o’yinga qo’shilganlarni esa jamoaning barcha muxlislari ham bilishmaydi. Qo’shimcha dam olish kunlari "Manchester Yunayted" foydasiga xizmat qilishi mumkin, chunki "Vilyarreal" shanba kuni "Real"ga qarshi qiyin o’yin o’tkazdi.

Bugun Polshaning Gdansk shahrida Evropa Ligasining hal qiluvchi bellashuvi bo'lib o'tadi.

Xarri Maguayrning ishtiroki so’roq ostida

"Manchester Yunayted" sardori oxirgi marta 9 may kuni o’ynagan – Xarri "Aston Villa" bilan uchrashuvning 78-daqiqasida to’pig’idan olgan jarohati tufayli almashtirilgandi. Xarri jamoa bilan Gdanskka uchib keldi va tabiyki, matbuot anjumanida jurnalistlar murabbiydan u haqida so’rashdi. Sulsher to’g’ridan to’g’ri javob berishdan qochib, qaror mashg’ulot yakuniga ko’ra qabul qilinishini takidladi. Lyuk SHou ham aniq bir narsani aytmadi, ammo "Manchester Yunayted" vakillarining javoblariga asoslanib, Maguayrni maydonda ko’rish ehtimoli tomoshabinlarda hanuzgacha saqlanib qolgan.

Agar angliyalik futbolchi tiklanishga ulgurmasa, unda uning o’rnini Erik Bayi to’ldiradi. Oxirgi o’yinlarda Aksel Tuanzebe va Viktor Lindelyof juftlik hosil qilishgandi. 23 yoshli Tuanzebe o’zini maydonda namoyish etishi uchun kam imkoniyat hadya qilinadi, biroq Bayining ko’p yillik jarohatlari sabab Tuanzebe nominal ravishda uchinchi tanlovga aylangan.

0:0 

O’zaro o’yinlar tarixi shuni ko’rsatadiki, jamoalar shu paytgacha CHempionlar Ligasi doirasida 4 marta ro’baro’ kelishgan va ularning barchasida nursiz durang kuzatilgan – 0:0. Qiziq, bugun ham shunday hisob ko’rsak-a?!

Tarkiblar va taktika

"Vilyarreal": Ruli – Gaspar, Albiol, Torres, Pedrasa – Trigeros, Parexo, Kapu, Gomes – Bakka, Moreno.

"Vilyarreal" katta ehtimol bilan 4-4-2 sxemasida harakat qiladi. Himoya chizig’ini yuqorida takidlab o’tdik. Emerini "bosh og’riq" bezovta qilyapti, yani jamoaning o’rta chiziq vakillari Samuel CHukvueze va Xuan Foyt jarohatga yo’liqqan, bu esa ispan klubi uchun katta yo’qotishlardir. Biroq alohida aytish kerakki, asosiy zarba beruvchi kuchlar, hujumchilar – Bakka hamda Moreno safda va MYU himoyachilarini toliqtirishga tayyor.

"Manchester Yunayted": De Xea – Uan-Bissaka, Lindelyof, Bayi, SHou – Fred, Maktominey – Reshford, Fernandesh, Pogba – Kavani.   

"Manchester Yunayted" 4-2-3-1 sxemasidan foydalanadi. Maguayrdan tashqari Antoni Marsyal ham o’yindan tashqari holatda bo’lib turibdi. Biroq Sulsherda hujumdagi variantlar etarlicha: Kavani markazda o’ynasa, Reshford va Pogba qanotdan yordamga kelishadi. Keyinchalik Meyson Grinvud o’yinni kuchaytirishi mumkin – u Reshford yoki Kavanini almashtiradi.

Bugun Polshaning Gdansk shahrida Evropa Ligasining hal qiluvchi bellashuvi bo'lib o'tadi.

Demak, qadrli do’stlar, bugun Gdanskdagi katta futbol oqshomini aslo o’tkazib yubormang. Yoqimli tomosha!

SHerzod Nurmatov

Bugun Polshaning Gdansk shahrida Evropa Ligasining hal qiluvchi bellashuvi bo'lib o'tadi.
			Muallif : Sherzod Nurmatov

Fikr bildirish