Italiya chempionatining o’tgan mavsumida kumush medallarga egalik qilgan "Milan" musobaqadagi ishtirokini bugun boshlaydi. "Rossonerilar"ning dastlabki turdagi raqibi "Sampdoriya". Aksar katta jamoalardan farqli ravishda yozda "Milan"ning murabbiylar postida o’zgarish ro’y bermadi. Stefano Pioli o’z ishini davom ettirmoqda. Jamoaga o’z falsafasini singdirayotgan mutaxassis qo’l ostidagi barcha futbolchilarni yaxshi taniydi.
Yodingizda bor, klubning o’tgan yilgi starti butun Evropani shokka tushirib qo’ygandi. Ammo, tan olish qiyin bo’lsa-da, ortiq buning iloji yo’q. CHunki endi hech kim "Rossoneri"ni mensimay maydonga tusholmaydi, barcha uning nimalarga qodirligini bilib oldi. SHu tufayli 2020-21 yilgi mavsum starti oldingisi kabi yorqin bo’lishini kutish xato bo’lishi mumkin.
"Sampdoriya" oson raqib emas, lekin "Milan"ning 3 ochkoli bo’lishi ehtimoli yuqori. Genuya klubida Klaudio Ranerini almashtirgan Roberto D’Aversa qurgan jamoaga oldindan baho berish biroz mushkul. Ko’p ehtimol bilan Fabio Kvalyarellaning etakchilik mavqeyi saqlab qolinadi. Tajribali forvard A Seriyaning o’tgan mavsumida 13 gol bilan "Sampdoriya"ning eng yaxshi to’purari bo’lgandi.
Janluiji Donnarumma va CHalhanoglu ketdi. Frank Kesse hamda Zlatan esa jarohat tufayli safda emas. Demak, "Milan" "Sampdoriya" qarshisiga o’tgan mavsumdagi 4 etakchisiz chiqadi. Braim Diasni hujumchi ortida o’ynatish esa tavakkaldan boshqa narsa emas. Yangilarning rasmiy o’yinlarda o’zini qanday ko’rsatishi ham so’roq ostida turibdi. To’g’ri, Olive Jiru rasmiy debyutida o’zini yaxshi tomondan ko’rsatishini ko’pchilik kutyapti. Ammo, ishlar teskarisiga ketsa ham, hech kim ajablanmaydi.
Statistika
1. "Milan" A Seriyaning so’nggi 5 o’yinida o’z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
2. "Sampdoriya" Italiya chempionatining so’nggi mavsumida turnirni golsiz mag’lubiyat bilan boshlagan.
3. "Milan" odatda chempionatning dastlabki turini mehmonda o’tkazsa, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. So’nggi 5 o’yinning 4 tasida mag’lubiyat qayd etilgan.
4. "Sampdoriya" 4 o’yindan beri "Milan"ni engolmayapti (2 tadan mag’lubiyat va durang).