Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Ispaniyaning «Valensiya» klubining yangi xo‘jayini bo‘lishi mumkin.
Klub aksiyalarini qo‘lga kiritishga da’vo qilayotgan Ispaniya klubining sobiq vise-prezidenti Migel Zorio «Chelsi» xo‘jayini “Valensiya”ga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
«Piter Lim klubni 250 million yevroga sotishga urindi va bunga erisha olmadi. U yaqinda matbuotga ikkita taklif borligi haqida ma’lumotni oshkor qildi – men va rossiyalik oligarx” – deb yozildi Zorio tomonidan OAVga yuborilgan xatda.