“Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovichda zaharlanish belgilariga o‘xshash alomatlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Wall Street Journal xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundidan so‘ng Abramovich va ikki ukrainalik muzokarachining yuzlari qizarib ketgan, keyin ularning ko‘zlari yoshlana boshlagan. Hozirda uchalasining ham ahvoli yaxshilangan.
Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Abramovich klub boshqaruvini “Chelsi” xayriya jamg‘armasi vasiylariga topshirgan edi. 2 mart kuni u klubni sotish niyatida ekanligini ma’lum qildi.