Xokkey

Afsonaviy ehromlar qarshisida xokkey matchi o’tkaziladi

82

Mamlakatda xokkey tashkiloti yo’q, lekin klublar bor. Mahalliy klub maslahatchilaridan biri Samex Ramadanning aytishicha, Misr tez orada Xalqaro xokkey federaciyasining azoligiga qabul qilinadi. 

Agar bu reja amalga oshsa, u holda Misr Jazoir, Marokash va JARdan keyin Xalqaro xokkey federaciyasiga azo bo’lgan Afrika qitasining to’rtinchi davlatiga aylanadi. 

“Tasavvur qilyapsizmi, Misr ehromlari qarshisida xokkey bo’yicha uchrashuv o’tkaziladi. Agar biz bu rejani amalga oshira olsak, Misr uchun tarixiy voqeylik sababchilariga aylanamiz. Sahro bag’rida – xokkey! Bu ajoyib ish bo’lar edi. Biz tez orada Xalqaro xokkey federaciyasiga azolik bo’yicha maktub jo’natamiz”, – deydi Ramadan.

Fikr bildirish