Futbol

Agar taqiq apellyatsiya muddati davomida qoldirilsa, “Manchester Siti” 2020/21 yilgi Chempionlar Ligasida o’ynashi mumkin

52

“Manchester Siti”, ma’lum shartlar bilan, 2020/21 yilgi Chempionlar Ligasida o’ynashi mumkin.
Reuters xabariga ko’ra, agar klub CASda ish tezkor ko’rib chiqilishiga erishsa, kelgusi mavsumda Chempionlar Ligasida o’ynashi mumkin. CAS ish jadvalini hisobga olgan holda, Manchester Siti ishi bo’yicha tinglovlar faqat kelasi yilning boshida o’tkazilishi mumkin. Agar tezlashtirilgan tarzda ko’rib chiqilsa, unda ish iyul oyida ko’rib chiqilishi mumkin.
Bunday holda, “Siti” muayyan tavakkallarni o’z zimmasiga oladi, chunki tomonlarda tinglovlarga tayyorgarlik ko’rish uchun kamroq vaqt bo’ladi.
Apellyatsiya ko’rib chiqilayotgan paytda “Siti” taqiqni to’xtatib turishi mumkin bo’lgan yana bir variant mavjud. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ishni odatiy ko’rib chiqish jarayonida yakuniy qaror faqat 2021 yilning boshida qabul qilinadi, shuning uchun “Siti” agar diskvalifikatsiya kechiktirilsa, musobaqada qatnashishi mumkin.
Ammo, agar CASning qarori “Siti” uchun salbiy bo’lsa, Chempionlar Ligasidagi ishtirokni taqiqlash 2021/22 va 2022/23 mavsumlariga qoldiriladi.

Fikr bildirish