Eron milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Ali Dayining milliy jamoalarda gol kiritish bo‘yicha rekordi kecha portugaliyalik Krishtianu Ronaldu tomonidan yangilandi. Sobiq futbolchi Ronalduning muvaffaqiyati haqida fikr bildirdi.
– Krishtianu Ronalduni tabriklayman. U terma jamoalari safida gol urish bo‘yicha jahon rekordini yangilashiga bitta gol qoldi. Ushbu ajoyib yutuq Ronalduga – buyuk chempion va g‘amxo‘r insonparvar futbolchiga tegishli ekanligidan faxrlanaman “, – deb yozdi Dayi Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 3-turining Fransiya bilan o‘yinida (2:2) Ronaldu dubl qayd etib, terma jamoasi safida kiritgan gollari sonini 109 taga yetkazdi.