Futbol

Allegrining «Yuventus»dagi birinchi qiladigan ishi ma’lum!

216

Massimiliano Allegri «Yuventus»ga bosh murabbiy sifatida qaytadigan bo‘lsa, hujumchi Paulo Dibala klubda qolishi mumkin.

Jurnalist Romeo Agrestining so‘zlariga ko‘ra, mutaxassis klubning argentinalik bilan 2022 yil iyunida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu uning jamoa tizimida boshlaydigan dastlabki vazifasi bo‘ladi.

Oldinroq forvard yozda «Atletiko Madrid»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Allegriga kelsak, «Yuventus» uni bugun bosh  lavozimga tayinlanganligini e’lon qilishi mumkin. U 2014 yildan 2019 yilgacha «keksa sinyora»ni boshqargan.

Fikr bildirish