Promoushenning ko’plab jangchilari bilan yaxshi munosabatda bo’lgan 55 yoshli mutaxassisning aytishicha, uning eng sevimli yakkakurash ustasi Roys Greysi.
“Men Greysini doim yaxshi ko’rganman. U hamma bilan do’st edi va u barcha Goliaflarni mag’lub etuvchi Devid edi. Ammo, endi hamma uning uslubini biladi”, – dedi Tayson o’z intervyusida.
Eslatib o’tamiz, Roys Greysi aralash yakkakurashlar bo’yicha braziliyalik jangchi, jiu-jitsu ustasi, UFC shon-shuhrat zaliga kiritilgan.
Uning birinchi g’alabasi 1993 yilda UFC1: The Begining musobaqasida qo’lga kiritilgan. SHundan so’ng u ketma-ket 10 ta g’alabaga erishdi. O’sha paytda Tayson faoliyatining eng cho’qqisida edi.