«Yuventus» prezidenti Andrea Anyelli Yevropa Superligasini yaratish g‘oyasi qachondir hatto UYEFAda ham qo‘llab-quvvatlanishini aytdi.
«Dastlab Superliga ijodkorlari UYEFA bilan kelishuvni muhokama qilishdi. Ammo endi biz faqat o‘zimizga nisbatan haqorat va tahdidlarni eshitmoqdamiz.
Agar biz Yevropa futbolini isloh qilmoqchi bo‘lsak, unda bunday bizga va g‘oyamizga yot xatti-harakatlar qabul qilinishi mumkin emas. UYEFAda bizning tarafdorlarimiz borligini bilaman. Biz o‘zaro muloqotni davom ettirishimiz kerak.
Boshqa sport turlari allaqachon formatlarini o‘zgartirib yuborgan va bizga Chempionlar Ligasida ham o‘zgarishlar va islohotlar kerak. «Yuventus», «Real» va «Barselona» turnirni barcha klublarning manfaatlari yo‘lida isloh qilmoqchi”, – deydi Anyelli.