«Real Madrid» matbuot xizmati klubning «Granada»ga qarshi Ispaniya chempionatining navbatdagi o‘yiniga futbolchilar ro‘yxatini namoyish qildi.
Ko‘p sonli jarohatlar sababli «qaymoqranglilar» tarkibida faqatgina uchta sog‘lom himoyachilar qolgani ma’lum bo‘ldi – Nacho, Militao va Odriosola. Ro‘yxatdagi to‘rtinchi himoyachi – 19 yoshli Migel bo‘lib u – yoshlar jamoasi o‘yinchisi.
«Granada» – «Real Madrid» uchrashuvi 13 may payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.