Futbol

Andrea Pirlo: «Ronalduga bitta maslahatim bor»

14

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Andre Pirlo A Seriyaning 8-tur doirasida «Kalyari» (2:0) ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Futbolchilar turli xil bo‘lishi mumkin, lekin bizning uslub o‘zgarishsiz qoladi. Biz o‘yinni yaxshi nazorat qildik, ayniqsa birinchi bo‘limda. Bunday o‘yinlar bizga qo‘shimcha ishonch bahsh etadi.

Terma jamoalar tufayli yuzaga keladigan tanaffusdan keyin darhol diqqatni jamlash qiyin, lekin biz o‘yin boshidanoq diqqatimizni jamlashga harakat qildik.

Barchaga ma’lumki, Ronaldu – professional. U o‘yin paytida ham, mashg‘ulotlar paytida ham atrofdagilarga haqiqiy o‘rnak bo‘ladi oladi.

Ronalduga yagona maslahatim: u shu ruhda davom etishi kerak!» – dedi Pirlo DAZN bilan suhbatda.

Fikr bildirish