Futbol

Andrey Sidorov “Xo’jand”ga o’tdi

61

U MXSKning (CSKA) Toshkent futbol maktabi va “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi sobiq tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Sidorov O’zbekiston Superligasida “Paxtakor” (Toshkent), “Qo’qon-1912” (Qo’qon), “Qizilqum” (Navoiy), “Neftchi” (Farg’ona) va Buxoro (Buxoro) jamoalarida o’yin tajribasiga ega. O’tgan mavsumni Andrey “Buxoro”da (Buxoro) o’tkazdi. Hujumchi 9 o’yinda ishtirok etdi va Superligada 1 ta gol va O’zbekiston Liga kubogida 2 ta gol urdi.
“Xo‘jand”ning yangi futbolchisi Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo yoshlar chempionati-2018 finalida qo‘shimcha vaqtda Vyetnam (U-23) yoshlar terma jamoasi darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritgani bilan tanilgan hamda o‘z mamlakatiga musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishda yordam bergan.

Fikr bildirish