APL. “Liverpul” hamda “Arsenal” o’rtasidagi markaziy uchrashuv uchun prevyu
Teglar :
Prevyu APL “Arsenal”“Liverpul”
Angliya chempionati 12-turi doirasidagi bahs atrofidagi voqeliklar haqida so’z yuritamiz.
Jamoalarning turnirdagi holati
"Arsenal" 6 g’alaba va 2 durangdan iborat muvaffaqiyatli yurishidan so’ng "Liverpul"dan atigi 2 ochkoga ortda qolmoqda. Uchta boshlang’ich turdan kelib chiqsak, noyabr oyi o’rtalarida "Liverpul" – "Arsenal" uchrashuvi turning markaziy o’yini maqomiga ega bo’lishiga ishonish qiyin edi.
"Arsenal" so’nggi 6 o’yinda 4 ta g’alaba va 2 ta durangga erishgan bo’lsa, "Liverpul" bu vaqt ichida 4 marta ochko yo’qotdi – shu jumladan, "Vest Xem"ga engildi (2:3). SHu tariqa, biz to’rtinchi va beshinchi o’rinni egallab turgan klublar to’qnashuvi guvohiga aylanadigan bo’ldik.
Firmino aniq maydonga tushmaydi, Xenderson va Robertson tiklanishga ulgurishdi
Roberto Firmino Muhammad Saloh kabi yorqin statistikaga ega emas, ammo braziliyalik hamon "Liverpul"ning muhim o’yinchisi bo’lib qolmoqda. Firmino joriy mavsumda 11 o’yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Jarohatlar ham unga xalaqit qilmoqda – braziliyalik birinchi jarohatini sentyabr oyining o’rtalarida oldi, shu tufayli 3 ta o’yinni o’tkazib yubordi. U tuzalib bo’lgach, APL va CHempionlar ligasida 7 uchrashuv o’tkazdi, keyin yana jarohat oldi – endi "Atletiko"ga qarshi uy uchrashuvida. Xalqaro tanaffusdagi "pauza" tiklanish uchun etarli bo’lmadi. "Liverpul" "Arsenal"ga qarshi Firminosiz o’ynaydi. Yurgen Kloppning yo’qotishlari bu bilan cheklanib qolmaydi. Jeyms Milner, Nabi Keyta, Kyortis Jons va Jo Gomes kabilar safdan chiqqanlar ro’yxatini to’ldirib turishibdi.
Alohida aytish joiz, Jordan Xenderson va Endi Robertson o’z terma jamoalari uchun o’yinlarda jiddiy jarohatni chetlab o’tishdi.
"Liverpul" qiyin raqibga qarshi o’yinni "quruq" o’tkazishni unutib qo’yganmi?
"Liverpul"ning APLdagi oxirgi natijalari hayratlanarli. "Lids" va "Kristal Pelas" ustidan 6:0 hisobida g’alaba qozonildi, keyin esa ketma-ket 2 o’yinda gol o’tkazib yubordi ("Brentford"ga qarshi 3:3 va "Manchester Siti" bilan 2:2). SHundan so’ng yana 2 ta g’alaba – umumiy hisob 10:0, jabrlanuvchilar – "Uotford" va "Manchester Yunayted".
Muvaffaqiyatli odimlash davom etmadi – "qizillar" yana ketma-ket 2 o’yinda o’z darvozasidan to’p olib chiqdi va g’alaba qozona olmadi. Bu safar ular "Brayton" ustidan qozonilayotgan g’alabani saqlab qola olishmadi (2:2) va "Vest Xem"ga yutqazishdi (2:3). "Liverpul" yaxshi shakllangan va uyushgan raqib bilan to’qnash kelishi bilanoq, darhol qiyinchiliklar yuzaga qalqib chiqadi. Jamoa CHempionlar ligasida dadil harakat qilmoqda. "Arsenal" o’zining samaradorligi bilan ajralib turadi, deb ham bo’lmaydi. Londonliklar so’nggi 10 o’yinning faqat 3 tasida 2 tadan ko’p gol urishdi. Ularning asosiy ustunligi – ishonchli himoya. "Arsenal" 10 uchrashuvning atigi 3 tasida gol o’tkazib yubordi. SHu joyida savol tug’iladi – mehmonlar birinchi bo’lib gol urishsa, mezbonlar ikki marta gol ura olishadimi?
Remsdeyl yana bir o’yinni munosib tarzda o’tkazishni uddalaydimi?
"Arsenal"ning mavsum davomidagi muvaffaqiyati darvoza chizig’idagi o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq. Londonliklar mavsumni asosiy ijrochi sifatida Bernd Leno bilan boshladilar, biroq qator noxush natijalardan so’ng uning o’rnini Aaron Remsdeyl egalladi.
"Arsenal" "SHimoliy London derbisi"da "Tottenxem"ni mag’lub etganida, darvozani Aaron qo’riqlagandi. O’shandan boshlab odamlar u haqda gapira boshlashdi. Ayniqsa, "Lester" bilan o’yin ancha samarali kechdi. "Arsenal" "Letser"ni yutdi (2:0), Remsdeyl 8 ta seyvni amalga oshirdi – u bu orqali shaxsiy rekordini o’rnatdi.
"Arsenal" "Tottenxem"ga qarshi bahsdan keyin 6 o’yin o’tkazdi va ulardan faqat 2 tasida o’z darvozasidan to’p olib chiqdi.
Hozir "to’pchilar" himoyasi yaxshi holatda, darvozada esa kimsan Remsdeyl turibdi. "Enfild"da shovqin-suron qilish vaqti kelgandir?
Obameyang – gollar bo’yicha etakchi, ammo yaqqol ajralib turadigan to’purar yo’q
"Arsenal" "Tottenxem" bilan uchrashuvdan ikki oy o’tgach, ancha ishonchli holatga kelib, barqarorlikkav erishdi. SHunday bo’lsa-da, jamoa kam gol o’tkazadi, lekin shu bilan birga, ko’p gol urmaydi. “SHporlar”dan tashqari 3 ta to’p faqat “Aston Villa” darvozasiga kiritilgan (3:1).
"Arsenal" muntazam ravishda gol uradi. Faqat "Brayton" darvozasi ishg’ol qilinmadi. Obameyang urilgan gollar soni bo’yicha (11 o’yinda 7 ta) jamoada peshqadam bo’lib turibdi. Odatda oxirgi mavsumlarda gabonlikni Lyakazett taqib qilib boradi, ammo hozir franciyalik hisobida 3 ta gol mavjud, xolos. 5 ta gol urgan Emil Smit-Rou kutilmaganda ikkinchi o’ringa chiqib oldi. 21 yoshli angliyalik shu qadar ajablintiryaptiki, hatto terma jamoadan chaqiruv oldi.
Malum bo’lishicha, hozirgi "Arsenal"da garchi Obameyang hamon to’purarlar ro’yxatida etakchilik qilayotgan bo’lsa-da, aniq bir yakunlovchi futbolchi yo’q. Xavf har qanday tomondan kelishi mumkin.
Taxminiy tarkiblar
"Liverpul": Alisson – Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson – Xenderson, Fabino, Tiago – Saloh, Jota, Mane
"Arsenal": Remsdeyl – Tomiyasu, Uayt, Gabriel, Tirni – Parti, Jaka – Saka, Edegor, Smit-Rou – Obameyang
To’qnashuvlar tarixi
Barcha turnirlardagi o’zaro o’yinlar: 234 ta
"Liverpul" g’alabasi: 90 ta (345 ta gol urgan)
"Arsenal" g’alabasi: 80 ta (305 ta gol urgan)
Durang: 64 ta
"Liverpul"ning eng yirik g’alabasi: 5-0
"Arsenal"ning eng yirik g’alabasi: 8-1
Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadigan super to’qnashuvni o’tkazib yubormang!
SHerzod Nurmatov tayyorladi.