21:44. Uchrashuv qoldirildi. Bahsning bo’lib o’tish sanasi yaqin vaqtlarda elon qilinadi.
21:34. APL matbuot xizmati xabariga ko’ra, ushbu holat tufayli "Manchester Yunayted"ni jiddiy jazo kutmoqda.
21:32. Nahotki, shuncha paytda ham uchrashuvning boshlanish vaqti aniqlanmasa…
21:16. Uchrashuvni bugun o’tkazishning iloji bo’lmaydiyov. Muxlislar biror mashinalarni o’tkazib yubormayapti.
21:14. "Old Trafford" yo’lida hali ham namoyishchilarning bir qismi bor. Ular mashina yo’lidagi bir qora mashinaga keskin hujum qilishdi. Mashina tezkorlik bilan qochib ketdi.
21:08. Bunday voqeliklarni umrimda birinchi marta matnli translyaciya qilyapman)
20:55. Rasmiy bayonotga ko’ra, futbolchilar hali stadionga etib kelishmagan. "Old Trafford" yo’lidagi holat sababli ular mehmonxonadan chiqarilmagan.
20:48. Maydonga fishkalar qo’yildi va to’plar olib chiqildi. Futbolchilar yana o’yinoldi mashg’ulotni o’tkazishadi.
20:47. Kutishda davom etamiz.
20:42. Sokinlik. Hech qanday yangilik yo’q.
20:36. Hali ham uchrashuvning qachon boshlanishi malum qilinmagan. Kutishda davom etamiz. Ammo stadion atrofi namoyishchilardan tozalangani aniq.
20:34. Namoyishchilar orasida 12-13 yoshli bolakaylar ham bor)
20:32. Aholining bir qismi "Old Trafford"ga olib boradigan ko’prikdan narigi tomonga olib o’tildi. Stadion atrofi deyarli tozalangan ko’rinadi.
20:30. Asta-sekin tartibsizlik bostirilayotganining guvohi bo’layapmiz. Aholi o’z uylariga tarqalmoqda.
20:29. Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford" atrofiga qaratamiz. Bu erda tartibsizlik!