Futbol

APL quvg’indilarining A Seriyadagi muvaffaqiyatlari

5

Ko’pchilik bundan hayron bo’lgani yo’q. Avvallari – ha, ushbu qaror turli savollarga sabab bo’lardi, ammo hozir APL yulduzlari qo’rqmasdan A Seriyaga – kuchsizroq liga, biroq so’nggi oylarda barchanining diqqatini o’ziga qaratayotgan chempionatga ko’chib o’tishmoqda. Ayni damda ushbu ligada Eshli Yang, Asmir Begovich va Viktor Mozes kabi APLda o’zini ko’rsatgan futbolchilar to’p tepmoqda.

Bu yigitlarning yangi ligadagi muvaffaqiyati haqida gapirishga erta, ammo A Seriyaga avvalroq o’tgan yigitlar o’zini ko’rsatishga ulgurishdi.

Aaron Remzi

Klub: "Yuventus"

Avvalgi klubi: "Arsenal"

Narx: Bepul

Aaron Remzi xuddi Mauricio Sarrining "Yuventusi" kabi tezda yorqin o’yin namoyish etmadi. Uelslik yangi jamoadagi faoliyatini jarohat bilan boshladi va hozir tiklanishni davom ettirmoqda. Uning "Verona"ga urgan debyut goli umid berdi, biroq ayni damda u asosiy tarkib futbolchisi emas. Remzi joriy mavsum birorta uchrashuvda 90 daqiqa harakat qilmadi.

Hozircha Aaron Turinda o’zini ko’rsatib, muxlislarning yoqimtoyiga aylanadi deyish qiyin.

Romelu Lukaku

Klub: "Inter"

Avvalgi klubi: "Manchester Yunayted"

Narx: 74 mln. funt

Antonio Konte Romelu Lukakuni xarid qilishga juda qiziqib qolgan edi. Muxlislar esa Lukaku bunday katta pulga arzishiga ishonqiramay turishgandi, biroq belgiyalik barcha pissimistlarning og’zini yopa oldi. 26 yoshli hujumchi Italiyada qayta tug’ilgandek bo’ldi: U endi bir joyda turadigan "daraxt" emas, Romelu yana jilmayyapti, gollardan rohat olmoqda.

Lukaku Lautaro Martines bilan A Seriyada 26ta gol urdi, "Yunayted" sobiq forvardi hisobida 14ta gol mavjud.

Kris Smolling

Klub: "Roma"

Avvalgi klubi: "Manchester Yunayted"

Narx: Bir mavsumlik ijara

Smollingning mashhurligi va ajoyib formasi tufayli mahalliy muxlislar uni "Smoldini" deb chaqirishmoqda. Nega bunday laqab qo’yilganini tushungan bo’lsangiz kerak.

30 yoshli himoyachi "Yunayted"da o’ziga o’xshamay qoldi, ammo "Roma"da ser Aleks Fergyuson ko’rgan iqtidorni namoyish eta boshladi. Hozir u – Paulo Fonseka jamoasining eng barqaror va ishonchli futbolchisi.

Genrix Mxitaryan

Klub: "Roma"

Avvalgi klubi: "Arsenal"

Narx: Bir mavsumlik ijara

Joriy mavsum armanistonlik uchun oson kechmayapti. Hammasi yaxshi boshlangandi, futbolchi jarohatidan qutilishi bilan "Sassuolo" darvozasini ishg’ol qilgan edi.

"Roma"da jismoniy holat bo’yicha jiddiy muammolar bor va Mxitaryan bundan eng ko’p aziyat chekkan o’yinchi. Oktyabrdan dekabrgacha jarohat, keyin yanvargacha cho’zilgan tiklanish. Uning omadi kelmayapti.

Yarim himoyachi maydonga tushishga muvaffaq bo’lganida u o’zini yomon ko’rsatmayapti, xatto 9ta uchrashuvda 3ta gol urishga erishdi.

Danilo

Klub: "Yuventus"

Avvalgi klubi: "Manchester Siti"

Narx: 34,1 mln. funt

Danilo kabi o’zini yangi klubda tez ko’rsata olgan futbolchilar ko’p emas.

Braziliyalikni "Napoli"ga qarshi bahsda jarohatlangan Mattia De SHilo o’rniga maydonga tushirishdi va u 26 soniya o’tib gol urdi.

Natijada "Yuve" 4:3 hisobida g’alabaga erishdi, biroq bu bahsdan so’ng Danilo asosiy tarkib futbolchisiga aylanmadi. Bazida tarkibda paydo bo’lib turadigan himoyachi asosiy tarkibdagi joy uchun Xuan Kuadrado bilan raqobatlashmoqda. Umuman olganda Sarri hali ham unga ishonmoqda.

David Ospina

Klub: "Napoli"

Avvalgi klubi: "Arsenal"

Narx: 3,1 mln. funt

Ospina o’tgan mavsum ijara asosida "Napoli" darvozasini qo’riqladi. Neapolliklar Davidni yaxshi ko’rib qolishdi va transfer amalga oshirildi. Kolumbiyalik joriy mavsum avvalgidek zo’r emas, ayni damda Aleks Meret asosiy tarkib futbolchisiga aylangan.

Ammo 31 yoshli golkiper hammasini tushunib turibdi: Xatto u maydonga tushganida ham muvaffaqiyatli o’yin ko’rsata olmayapti. Buni "Lacio"ga qarshi bahsdagi qo’pol xatodan bilib olish mumkin.

Fernando Lorente

Klub: "Napoli"

Avvalgi klubi: "Tottenxem"

Narx: Bepul

Karlo Anchelotti Fernando Lorentedan zaxiradan maydonga tushuvchi forvard sifatida foydalandi va Jennaro Gattuzo ham avvalgi hamkasbining ishini takrorlamoqda. Fernando 17ta uchrashuvning 3tasida asosiy tarkibda o’ynadi. Uning hisobida 3ta gol mavjud.

SHunga qaramay forvardni deyarli har hafta maydonda ko’ryapmiz. U CHempionlar ligasining 6ta uchrashuvida ishtirok etdi va xatto "Liverpul" darvozasini ishg’ol qildi.

Yanvarda uni "Inter"ga o’tadi deyishgandi, ammo transfer amalga oshmadi.

Matteo Darmian

Klub: "Parma"

Avvalgi klubi: "Manchester Yunayted"

Narx: Nomalum

Matteo Darmian "Parma"ning afsonasiga aylanmadi va "Torino"dagi yurishlarini takrorlamadi, shunga qaramay ushbu ro’yxatdagilarning bazilaridan farqli o’laroq, u asosiy tarkib futbolchisi.

30 yoshli himoyachi joriy mavsum 17ta uchrashuvda ishtirok etdi. "Parma" u bilan 7-o’ringa ko’tarilib oldi va jamoadagilar jiddiyroq harakat qilishsa, evrokuboklar haqida o’ylasa ham bo’ladi.

Davide Zappakosta

Klub: "Roma"

Avvalgi klubi: "CHelsi"

Narx: 6 oylik ijara

Jarohatdan qutila olmayotgan "Roma"ning yana bir futbolchisi Davide Zappakosta haligacha o’zining imkoniyatini kutmoqda. U jarohat olishdan avval A Seriyada bor-yo’g’i 12 daqiqa o’ynashga ulgurdi. Futbolchi hali ham tiklanish jarayonida.

Aleksis Sanches

Klub: "Inter"

Avvalgi klubi: "Manchester Yunayted"

Narx: Bir mavsumlik ijara

Bechora Aleksis Sanches. Uning ijarasi futbolchiga ishonchini qaytarishi kerak edi, ammo navbatdagi jarohat uni 3 oyga safdan chiqardi. CHililik hujumchi 5ta uchrashuvda 1ta gol urishga ulgurdi, keyin qizil kartochka oldi. Hozircha "kambek" haqida gapirishga erta, ammo mavsum yakunlangani yo’q.

Fikr bildirish