Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumining deyarli yarmi ortda qoldi. Bu musobaqa yakunida qaysi jamoa chempionlikni qo‘lga kiritishini taxmin qilish uchun sabab bo‘ladi. Angliyada shuhrat qozongan “super-kompyuter” BOFFIN 2021/22 yilgi APL chempioni kim bo‘lishini taxmin qilib ko‘rdi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, “Manchester Siti” chempionlik uchun asosiy favorit hisoblanadi. Chempionlar ligasi zonasiga kelsak, u “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted”ni ushbu o‘rinlarni egallashini bashorat qilgan. E’tiborlisi, “aqlli kompyuter” “Vest Xem”ni “Tottenxem” va “Arsenal”ni ortda qoldirib, beshinchi pog‘onani egallashi taxmin qilgan, deb yozmoqda Britaniyaning “The Sun” nashri.