Bellator 259 turnirining markaziy jangi yarim engil vazn toifasi chempioni Kris Sayborg hamda davogar Lesli Smit o’rtasida o’tkazildi. Besh raundga mo’ljallangan jang yakunlanishiga 9 soniya qolgan bir paytda referi tomonidan to’xtatildi.
Amerikalik 38 yoshli Smit shov-shuv qayd etishiga 9 soniya etmay qoldi. Agar u bong yangraguniga qadar oktagonda turib berganida, Kris Kiborg Sayborg bilan to’liq besh raund jang o’tkazgan tarixdagi ikkinchi jangchiga aylanardi.
SHu paytga qadar birgina sobiq UFC chempioni Xolli Xolm Kiborg bilan to’liq besh raund jang qilishga muvaffaq bo’lgan, ammo yakunda mag’lubiyatga uchragan edi. Bu jang 2017 yili o’tkazilgan bo’lib, Sayborg ochkolar hisobiga ko’ra zafar quchgandi.