FC Bayern Munchen

Argentinalik mukofotlar bo’yicha Ronalduni quvib o’tadi.

35

Argentinalik mukofotlar bo’yicha Ronalduni quvib o’tadi. “Barselona” sardori Lionel Messi marosimdan bir hafta oldin “Oltin to’p” o’ziga tegishini bildi. FranceFutbol vakillari mukofotni kim olishi haqida xabar berish uchun uchta da’vogar – Messi, Ronaldu va Van Deyk bilan bog’lanishdi. Faxriy mukofot g’olibini aniqlaydigan jurnal jamoasi dushanba kuni Leo bilan uchrashish uchun Barselonada bo’ldi. Muxbirlar mukofot bilan argentinalikning bir nechta suratlarini va intervyu olishdi – kadr kelayotgan sonning muqovasida paydo bo’lishi kerak. MundoDeportivo xabariga ko’ra, futbolchiga yaqin manbalar buni tasdiqlamagan, ammo bu mish-mishlarni rad etmagan ham. Nashr jurnalistlaridan biri Francesc Agularning so’zlariga ko’ra, FranceFutbolning asosiy muammosi Ronaldoning marosimda bo’lishi edi- portugaliyalik ovoz berishda Van Deykdan keyin uchinchi o’rinni egallaganidan g’azablandi. Krish yana voqeani e’tiborsiz qoldirmoqchi.

Agar “Oltin to’p”ni  mavsumning kuz qismida berilsa edi, Robert Levandovskiyning bu yil raqiblari bo’lmas edi. Umuman!

Polshalik jadal sur’atda gol urishni davom ettirmoqda. Seshanba kuni Crvena Zvezda aziyat chekdi: “Bavariya” hujumchisi serblarga 14 daqiqa 31 soniyada to’rtta gol urdi – bu Chempionlar ligasi tarixidagi eng tezkor poker.

Fikr bildirish