“Arsenal” uyda Angliya Premyer-ligasining 15-turida “Brayton”ga yutqazdi (1: 2).
Londonliklar barcha turnirlarda ketma-ket to’qqiz uchrashuvda g’alaba qozonishmayapti.
Bu “Arsenal”ning 42 yildagi eng yomon ko’rsatkichi. 1977 yil fevralidan martigacha jamoa o’nta uchrashuvda g’alaba qozona olmagan edi. 1977 yil 16-aprel kuni Londonliklarning amaldagi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Fredrik Yungberg tug’ilganligi qiziq.
42 yoshli shvetsiyalik ikki o’yinni g’alabasiz boshlagan edi. Bungacha u “Norvich” bilan durang o’ynagan (2: 2). 19 ochko to’plagan jamoa jadvalning o’ninchi pog’onasida bormoqda.